AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI

AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI — sut uchun boqiladigan zot. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Qirgʻizistonning Talas vodiysi va Qozogʻistonning Avliyoota uyezdi (hoz. Jambul viloyati)da jaydari zotlarni golland qoramol zoti bilan chatishtirishdan olingan avlodlarni oʻzaro urchitish nuli bilan yaratilgan. 1950-y. da Avliyoota qoramol zoti rasman tasdiqlangan. Avliyoota qoramol zoti asosan ola, baʼzan qora. Buqalarining tirik vazni 800—950 … Читать далее

AMIRQULOV

AMIRQULOV Husan (1940.18.2, Qashqadaryo viloyati, Boyterak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgach (1963), Surxondaryo (1963—66), Sirdaryo (1966-74), Jizzax (1974-79) teatrlarida ishlagan, 1979-y. dan Qashqadaryo teatrida. Asosiy rollari: Gʻani («Aldangan qiz»), Murod («Parvona»), Ferdinand («Makr va muhabbat»), Alisher Navoiy («Alisher Navoiy»), Aldar koʻsa («Addar koʻsa»), Moʻmin («Oltin devor»), Saʼdiyev («Oʻn uchinchi … Читать далее

AYDAR KOʻLI

AYDAR KOʻLI (Haydar koʻli) — Nurota tizma togʻlarining shim. etagidagi koʻl. Shim. qirgʻoqlari Sharqiy Qizilqumga tutashadi. Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida. Aydar koʻli oʻrni Shim. Nurota yoni tektonik bukilmasidan iborat. 1969-y. gacha Aydar shoʻrxogi (botigʻi)da mayda shoʻr koʻllar va shoʻrlar (Jalpoqshoʻr) keng tarqalgan edi. 1968—69 y. larda yogʻingarchilikning haddan tashqari koʻp boʻlishi tufayli Sirdaryo oqimining … Читать далее

ARNASOY TUMANI

ARNASOY TUMANI — Jizzax viloyatidagi tuman, 1975-y. 26 noyab. da tashkil etilgan. Shim. va shim.-gʻarbda Forish, jan. da Zafarobod, jan.-sharqda Paxtakor, sharqda Doʻstlik, shim.-sharqda Mirzachoʻl tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,49 ming km2. Aholisi 40,0 mingdan ortiq kishi (1999). Arnasoy tumanida 6 Qishloq fuqarolari yigʻini (Doʻstlik, Zarafshon, Usmon Yusupov, Choʻlquvar, Yangiboʻston, Gʻalaba) bor. Markazi — Gʻoliblar … Читать далее

AZIMOVA

AZIMOVA Xosiyat (1919.25.7, Jizzax) — aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1981). Ijodiy faoliyatini «koʻk koʻylak» toʻgaragida boshlagan (1932). 1937-y. dan Kattaqoʻrgʻon sh. teatrida, 1966-y. dan Jizzax teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Halima («Halima»), Nigor («Gʻunchalar»), Jamila, Rahima xola («Boy ila xizmatchi»), Oyxon, Maysara («Maysaraning ishi»), Ruzvon («Yurak sirlari»), Jannat («Qaynona»), Huriniso («Oltin devor») va b.

ARNASOY DAVLAT ORNITOLOGIYA BUYURTMA HUDUDI

ARNASOY DAVLAT ORNITOLOGIYA BUYURTMA HUDUDI — Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻlida 1983-y. da tashkil etilgan (hozir Aydar koʻli, Tuzkon, Arnasoy koʻllari birlashib ketgan). Mayd. 63,5 ming ga. Oʻtkinchi qushlar (baklan, chayka (baliqchi qush), qarqara va b.) va shu yerda uya qurib joʻja ochadigan yovvoyi oʻrdak, gʻoz va b. qushlar muhofaza qilinadi. Hududida katta-katta qushlar galalari yashaydi, … Читать далее