MEGHALAYA

MEGHALAYA — Hindistonning shim. – sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 22,4 ming km2. Aholisi 2,3 mln. kishi (2001); asosan, kxasi, garo va ingliz tilida soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Shillong sh. Meghalaya 1970-y. da Assom shtati hududining bir qismidan muxtor shtat sifatida tuzilgan. 1972-y. yanv. dan Hindistonning teng huqukli shtati. Relyefi sertepa tekislik va past togʻlik. Eng … Читать далее

MANGALOR

MANGALOR — Hindistonning jan. qismidagi shahar. Karnataka shtatida. Aholisi 587 ming kishi (2001). Arabi-ston dengizi sohilidagi port (chetga kofe, sandal daraxti, ziravorlar, temir rudasi chiqariladi). Aeroport bor. Q. x. maxsulotlari (asosan, kofe) qayta ishlanadi. Kulolchilik-keramika, kimyo oʻgʻitlari z-di, metallurgiya k-ti, un-t bor. Turizm rivojlangan. Пост Навигацияси

KLIVLEND

KLIVLEND — AQSHning shim.sharqiy qismidagi shahar. Ogayo shtatida, Eri koʻlining jan. sohilida. Mamlakatning muhim sanoat, moliya va yirik madaniy markazlaridan biri. Aholisi 478 ming kishi (2000). Shaxar orqali Atlantika okeani soqilini Detroyt va Chikago sh. lari bilan bogʻlovchi asosiy t. y. va shosse magistrallari oʻtgan. Xalqaro aeroport bor. K. — Buyuk koʻllar sistemasidagi eng katta … Читать далее

MARI

MARI (1937-y. gacha — Marv) — Turkmanistondagi shahar, Mari viloyati markazi, Murgʻob daryosi va Qoraqum kanali boʻyida. T. i. tugun i. Ashxobodpt 343 km uzoqlikda. Aholisi 102,1 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Rossiya Turkmanistonni bosib olganidan key-in Marv okrugining harbiymaʼmuriy markazi sifatida 1884-y. da barpo qilingan (1917-y. dan oldin Zakaspiy viloyatining uyezd markazi edi). Yengil, … Читать далее

MINSK VILOYATI

MINSK VILOYATI — Belorussiya ning markaziy qismidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tuzilgan. Mayd. 40,8 ming km2. Aholisi 3301 ming kishi (1998). AsoSan beloruslar, shuningdek, rus, polyak, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Yer yuzasi sertepa, morenali qirlar, tekislik va pasttekislikdan iborat. Foydali kazilmalardan: kaliy va tosh tuzlari, torf, boʻr, mergel, qum, shagʻal, gil … Читать далее

KASABLANKA

KASABLANKA (ispancha Casablanca; arab — Dor ul-Bayzo) — Marokash gʻarbidagi shahar, Atlantika okeani sohilida. Kasablanka prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,94 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kasablanka — Afrikadagi eng katta shahar va portlardan biri (yillik yuk ortib-tushirish 17 mln. t). Shosse yoʻllarning yirik tuguni, t. y. stansiyasi. Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. K. — Marokashning … Читать далее

KELIMANE

KELIMANE — Mozambikning sharqiy qismidagi shahar. Zambeziya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 153,1 ming kishi (1997). Hind okeanining Mozambik qoʻltigʻi sohilidagi port (chetga shakarqand, paxta, kopra, tamaki, choy chiqariladi). T. y. stansiyasi. Aeroport bor. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik va metallsozlik korxonalari mavjud. Vasko da Gama ekspeditsiyasi tomonidan 1498-y. da hoz. Kelimane oʻrnida fort qurilgan (1761-y. dan shahar … Читать далее

MOGILYOV

MOGILYOV — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan «Strommashina», «Elektrodvigatel», metall konstruksiyalar, lift z-dlari), kimyo («Lavsan» sintetik … Читать далее

SEYSHEL OROLLARI

SEYSHEL OROLLARI (Seychelles), Seyshel Orollari Respublikasi (Republic of Seychelles) — Hind okeanida, Afrikaning sharqiy sohili yaqinidagi Seyshel va Amirant o. lari, Aldabra, Farkuar va b. orollarda joylashgan davlat. Mayd. 405 km2. Aholisi 80,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Viktoriya sh. (Mae o. da). Davlat tuzumi. SO. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-y. 18-iyunda maʼqullangan va unga … Читать далее

PSKOV VILOYATI

PSKOV VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1944-y. 23 avg. da tashkil etilgan. Shim.-Gʻarbiy federal okrugiga kiradi. Rossii Yevropa qismining shim.gʻarbida joylashgan. Mayd. 55,3 ming km2. Aholisi 760,9 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 66,1%. Markazi — Pskov sh. Boshqa yirik shaharlari — Velikiye Luki, Ostrov. … Читать далее