MIKROSEYSMALAR

MIKROSEYSMALAR (mikro… va seismos — tebranish, zilzila) — atmosfera bosimining oʻzgarishi va b. sabablar tufayli Yer sirtining sinusoida shaklda juda kichik oʻzgaruvchan amplituda bilan tebranishi. Mikroseysmalar tabiiy va sunʼiy, davriy va davriy boʻlmagan tebranishlardan iborat. Tabiiy Mikroseysmalarga dengiz, okean, dare suvlarining chayqalishi, atmosfera bosimining oʻzgarishi, kuchli shamol, doʻl, sel, toshqin va b. sabab bulishi mumkin. … Читать далее

ELASTIKLIK

ELASTIKLIK — jismga taʼsir etuvchi kuchlar olinganda uning avvalgi geometrik oʻlchamlarini tiklash xususiyati. Jismlarning Elastiklik gi ularni tashkil qiladigan atomlar (molekulalar) ning taʼsir kuchlari (ichki kuchlar) mahsulidir. Ichki kuchlar normal va urinma kuchlarga boʻlinadi. Normal kuchlar atomlar orasidagi masofaga bogʻliq. Ular atomlarni yaqinlashtiruvchi yoki uzoqlashtiruvchi boʻladi. Urinma kuchlar atomni boshqa atomlar bilan tutashtiruvchi toʻgʻri chiziqlar … Читать далее

ESHITISH ANALIZATORLARI

ESHITISH ANALIZATORLARI, eshitish sistemasi — tovush tebranishlarini eshitish organlari orqali sezib, tahlil qiladigan mexanik retseptorlar va nerv tuzilmalari majmui. Eshitish analizatorlarining tuzilishi, ayniqsa, uning periferik qismi odamda va hayvonlarda farq qiladi. Eshitish analizatorlari hasharotlarda timpanal organ, suyakli baliqlarda suzgich pufagi hisoblanadi. Suzgich pufagining tebranishi veberov apparatiga, undan ichki quloqqa oʻtadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib … Читать далее

KONTINENTAL IQLIM

KONTINENTAL IQLIM — katta kurukliklarning atmosferaga taʼsiri ostida shakllanadigan iqlim. Bunda yillik va sutkalik t-ra amplitudalari katta boʻladi, havo kechasi salqin, kundoʻzi issiq keladi, yogʻingarchilik kam boʻlib, u yildan bu yilga oʻzgarib turadi. Kontinental iqlim dengiz iqlimining aksidir. Oʻzbekiston okean va ochiq dengizlardan minglab km uzoqda, eng katta Yevrosiyo materigining markazida boʻlganidan tipik kontinental iqlimli … Читать далее

RADIOKOMPAS

RADIOKOMPAS (radio… va kompas) — Yerdagi radiostansiyadan uzatilayotgan signallarni avtomatik pelenglovchi (yoʻnalishini aniqlovchi) samolyot radiopelengatori; kuzatuvchi tizim va 2 ta (yoʻnaltirilgan — ramkali va yunaltirshshagan — shtirli) antennadan iborat qabul qiluvchi indikator qurilma. Radiokompasda ikkala antenna orqali olingan pelenglanuvchi (aniqlanuvchi) radiostansiya signallari qoʻshiladi va tayanch generatori chastotasidagi ramka signali kommutatsiyalanadi, natijada priyomnikning kirish kuchlanishi amplituda … Читать далее

YADRO ELEKTRONIKASI

YADRO ELEKTRONIKASI — yadro fizikasida qoʻllaniladigan elektronika usullari majmui; yadroga doir tajribalarda axborotlarni olish, oʻzgartirish va qayta ishlashda qoʻllaniladi. Yadro elektronikasi asboblarining vazifasi yadro zarralari detektoridan kelayotgan signallarni kuchaytirish, ularni amplitudasi, paydo boʻlish vaqtlari, shakli boʻyicha saralash, signallar amplitudalari yoki ular oʻrtasidagi oraliqlarni raqamli kodga aylantirish, impuls oqimlarining parametrlarini aniqlash, signallarni matematik ishlab chiqish va … Читать далее

TOʻLQINLAR

TOʻLQINLAR — fazoda chekli tezlik bn tarqaluvchi modda yoki muhitning holat oʻzgarishlari. Toʻlqinlarning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuktasiga uzatiladi, ammo zarralari koʻchmaydi. Turli xil (mexanik, issiqlik, elektromagnit) holat oʻzgarishlariga turli xil Toʻlqinlar moye keladi. Elastik Toʻlqinlar, sirtiy Toʻlqinlar, elektromagnit Toʻlqinlar turlari keng tarkalgan. Elastik deformatsiyalarni gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastik … Читать далее

RADIOPELENGATOR

RADIOPELENGATOR (radio… va gollandcha peling — yoʻnalish) — uzatuvchi radiostansiya yoʻnalishini aniqlashga (pelenglashga) imkon beradigan radioqabul qurilmasi. Radiopelengator pelenglanayotgan obyektdan tarqalayotgan radiotoʻlqinlarni qabul qiluvchi antenna — fiderli tizim (AFS) va qabul qiluvchi indikatordan iborat. Indikatorda qabul qilinayotgan radiotoʻlqinlar AFS da hosil qilayotgan oʻzgaruvchan elektr yurituvchi kuchlarning amplitudalarini taqqoslash (amplituda usuli bilan radiopelenglashda) yoki fazalar farqini … Читать далее

REAKTIV QARSHILIK

REAKTIV QARSHILIK — oʻzgaruvchan elektr tokiga elektr sigʻim va zanjir (yoki uning bir qismi) induktivligi koʻrsatadigan qarshilik (q. Induktivlik). Elektr zanjirining toʻla qarshiligi Z=H/(RL+RC) ning mavhum qismi, bu yerda g — elektr zanjirining faol qarshiligi, RL=coL—induktiv qarshiligi, Rc=l/mC=Uc/I — sigʻim qarshiligi; bunda yu — tokning oʻzgarish chastotasi, L — oʻtkazgich induktivligi, S — oʻtkazgich sigʻimi, … Читать далее

DISKRIMINATOR

DISKRIMINATOR (lot. discrimino – ajrataman) — kirish qismidagi elektr signalining nazorat qilinayotgan parametr oʻzgarishini chiqish qismida kuchlanish qutbiyligi oʻzgarishiga aylantiruvchi elektron qurilma; bunda elektr tebranishlar parametrlari (fazalar, chastotalar davomiyligi va b.)ning oʻzgarishini amplituda oʻzgari-shiga aylantiradigan yoki amplitudalari baʼzi aniq qiymatdan oshadigan elektr impulslar tanlanadi. Пост Навигацияси