MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

MUSTELINUM GʻOʻZASI

MUSTELINUM GʻOʻZASI (Gossypium mustelinum Miers ex Watt.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi (AD)4, xromosomalar soni 2p=52. Birinchi marta Gardner taʼriflab bergan (1888). Jan. Brazili-yaningtogʻli joylarida uchraydi. Mustelinum gʻoʻzasi koʻp yillik, oʻsuv shoxlari kuchli rivojlangan, juda kalta tuklar bilan qoplangan buta. Hosil shoxlari kalta, 2—3 boʻgʻimli. barglari yashil, yirik, barg plastinkasi 3 ta, tuxumsimon-uchburchak, uchi nishtarsimon, … Читать далее

MENAM PASTGEKISLIGI

MENAM PASTGEKISLIGI — Hindiston ya. o. dagi payettekislik, Menam-Chao-Praya daryosi havzasida, Tailand hududi. Jan. Xitoy dengizining Siyom qoʻltigʻiga tutash. Uz. 500 km, eni 200 km gacha. Mayd. 100 ming km2. Relyefi shim. da sertepa, jan. da yassi tekislikdan iborat. Tektonik botiqda joylashgan boʻlib, yer yuzasi allyuviy yotqiziqlar bilan qoplangan. Dare va sugʻorish kanallari, botqoklik koʻp. … Читать далее

MICHOAKAN

MICHOAKAN, Michoakande-Okampo — Meksikaning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida, Lerma va Balsas daryolari havzasida joylashgan. Mayd. 59,9 ming km2. Aholisi 3979 ming kishi (2000). Maʼ-muriy markazi — Moreliya sh. M. hududining yarmidan ortiq qismi Meksika togʻligining jan.-gʻarbiy chekkasidagi koʻllar qavzasidan iborat. Sohil boʻylab Syerrade-Koalkoman tizmalari (eng baland joyi 2764 m) joylashgan. Seysmik faol hudud. … Читать далее

PALEOIQLIMSHUNOSLIK

PALEOIQLIMSHUNOSLIK (paleo… va iqlimshunoslik) — Yerning geologik va tarixiy oʻtmish iqlimi haqidagi taʼlimot. P. vazifasi Yer tarixi davomida sodir boʻlgan iqlim sharoitlarini oʻrganish va ularni Yer shari boʻyicha taqsimlanishini tadqiqot qilishdan iborat. Paleoiqlimshunoslik paleogeografiyaning muhim qismi hisoblanadi; u stratigrafiya va paleontologiya, geomorfologiya va foydali qazilmalar toʻgʻrisidagi fanlar bilan chambarchas bogʻlangan. Geologik maʼlumotlar iqlimshunoslik, meteorologiya, geografiya, … Читать далее

PESTITSIDLAR

PESTITSIDLAR (lot. pestis — maraz, caedo — oʻldiraman) , zaharli kim-yoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham Pestitsidlarga kiritiladi. Pestitsidlar tirik organizmlar hujayralariga ki-rib ularning fizik va kimyoviy … Читать далее

PATISSON

PATISSON (Cucurbita pepo var. patisson) , kulcha qovoq — qovoqdoshlar oilasiga, qatgiq etli qovokdar guruhiga mansub biryillik sabzavot oʻsimligi. Patisson palagi tik, butasimon sershox oʻsimlik. Ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi va barg bandlari nisbatan yoʻgʻon. Barglari oʻrtacha kattalikda, dagʻal, 3 yoki 5 qirrali. Gullari bir uyli, bir jinsli, yirik, rangi sariq, poyalarda yakkayakka joylashadi. Mevasi — … Читать далее

MAXORKA

MAXORKA (Nicotiana rustica L.) — tomatdoshlar oilasining tamaki turkumiga mansub bir yillik oʻsimlik; texnika ekini. Vatani — Jan. Amerika. Yevropaga 16-a. da, Rossiyaga 17-a. da keltirilgan. Polsha, Vengriya, Hindiston, Tunis, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻistonda ekiladi. Oʻzbekistonda qadimdan xoʻjaliklarda maxsus oʻstirilgan. Hoz. davrda Samarqand, Qashqadaryo vilo-yatlarida ekiladi. Ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 1,5 m gacha kirib boradi. … Читать далее

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI — makkajoʻxorini zararlaydigan hasharotlar. 70 ga yaqin turi bor. Asosiylari: koʻsak qurti, karadrina, kuzgi tunlam, simkurt, leukan tunlami, makkajoʻxori kapalagi, makkajoʻxori bita, makkajoʻxori sustkashi va b. Leukan tunlami (Leucania vitellina Hb.) — kapalaklar turkumining Leucania avlodiga mansub hasharot. Makkajoʻxorini 7—9 barg chiqargan fazasida bargi, guli, roʻvaklari va soʻtasini zararlaydi. Bu oʻsimlikka 4 ta … Читать далее

POLIZ QOʻNGʻIZI

POLIZ QOʻNGʻIZI, poliz xon-qizi (Epilachna chrysomelina) — xon-qizi oilasiga mansub zararkunanda. Asosan, poliz ekinlarini zararlaydi. Osiyo, Afrika, Yevropaning jan. da tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Kavkazda ham uchraydi. Qoʻngʻizi 7—8 mm kattalikda. Tanasining past tomoni yassi, usti qabariq, rangi qizil-qoʻngʻir. Qanoti ustida 6 tadan kora dogʻi bor. Urgʻochi qoʻngʻizi poliz oʻsimligi bargining pastki tomoniga 50 … Читать далее