POLIGON

POLIGON (yun. polygonos — koʻp burchakli) — 1) harbiyda quruqlik yoki dengizning qurol-aslahalar va harbiy texnikani sinash, qoʻshinlar (flot kuchlari)ning jangovar tayyorgarligiga doyr tadbirlarni va taktika bora-sidagi tadqiqotlarni oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan qismi; tajriba uchun va koʻplab ishlab chiqariladigan jangovar qurollarni, qarbiy texnikani sinash hamda qoʻshinlar (flot kuchlari)ni jalb qilgan holda tadbirlar oʻtkazish uchun moʻljallangan … Читать далее

PANJARA

PANJARA — meʼmoriy boʻlak; kataksimon toʻqima shakl, toʻsiq. Binolarning eshik, darcha, tuynuk, zinapoyalarida, ayvonlarda toʻsiq va ayni paytda bezak vazifasini oʻtaydi. Turar joy, bogʻlarda, koʻchalarda, uy-roʻzgʻor buyumlarida, amaliy sanʼat va hunarmandlik buyumlarida ham bezak sifatida foydalaniladi. Panjara yogʻoch taxtachalarni, gʻishtni qalab, ganch va metallni quyib va oʻyib, toshni qalab va oʻyib oʻsimliksimon, handasiy shakl hosil … Читать далее

SHIFT

SHIFT, ship — xona, ayvon va boshqalar devorlarining yuqoridan qoplangan tepa qismi; tomning uy ichidan koʻrinishi. Tekis va relyef (pastbaland)li Shift xillari koʻp uchraydi. Ibodatxona, saroy kabi yirik inshootlarning Shift lari qadimdan bezatilgan. Oʻzbek xalq meʼmorligida vassash Shift, toʻsin ustiga qamish (chiy) tashlab suvalgan yoki taxta qoqib chiqilgan lamba Shift keng tarqalgan. Oʻzbekiston hududida bunyod … Читать далее

TOʻSIN

TOʻSIN — bino va inshootlarning tomi, orayopmalari, poliga ishlatiladigan va tayanchlarga tayanadigan konstruktiv elementa. Joyiga qarab temirbeton, metall va yogʻoch T. lar ishlatiladi. Koʻndalang kesimi shakliga koʻra, toʻgʻri toʻrtburchak, tavr yoki qoʻshtavr, trapetsiya va doiraviy boʻlishi mumkin. Tayanchlarning soni va Toʻsin uchlarining biriktirilishi usuliga koʻra, Toʻsinlar bir qulochli (prolyotli), koʻp qulochli, konsolli, uchlari mahkamlangan, qirqma, … Читать далее

MOGILYOV

MOGILYOV — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan «Strommashina», «Elektrodvigatel», metall konstruksiyalar, lift z-dlari), kimyo («Lavsan» sintetik … Читать далее

PORTLATUV ISHLARI

PORTLATUV ISHLARI — tabiiy (tog jinsi, yogʻoch, muz) yoki sunʼiy (tosh, gʻisht, beton devor, metallar va b.) materiallarni koʻporish, siljitish, ularning tuzilishi yoki shakl oʻzgarishini tekshirish maqsadida xalq xoʻjaligida bajariladigan ishlar. Portlatuv ishlari portlovchi moddalar va zaryad yordamida bajariladi. Portlovchi moddalarni qoʻporiladigan obyekt orasiga joylashtirish uchun unda, odatda, oldindan burgʻilab boʻshliq (shpur, kamera) qaziladi. Portlatuv … Читать далее

MUSTAHKAMLIK

MUSTAHKAMLIK, pishiqlik tor maʼnoda — materiallar (metall, yogʻoch, temir-beton va b.)ning tashqi kuch taʼsirida yemirilishga chidamlilik xususiyati; ken g maʼnoda — materiallarning ham yemirilishga, ham shaklini oʻzgartirishga (plastik deformatsiya, yaʼni qaytmas shakl oʻzgarishiga) qarshilik qilish xossasi. Materi-alning ham tashqi kuch, ham ichki kuch taʼsirida («oʻz-oʻzidan») yemirilishga chidamliligi pishiqlik deb ataladi. Pishiklik Mustahkamlikni ham oʻz ichiga … Читать далее

KORROZIYABARDOSH MATERIALLAR

KORROZIYABARDOSH MATERIALLAR — korroziya hodisasiga chidamliligi yuqori boʻlgan materiallar. Metall va metallmas (anorganik va organik), kompozitsion (q. Kompozitsion materiallar), konstruksion (q. Konstruksiyey materiallar) va himoya (q. Himoya qopyaamalari) turlari bor. Metall Korroziyabardosh materiallarga poʻlat va choʻyanlar, olovbardosh kotishmalar; asl metallar; korroziyabardoshligi legirlab (q. Legirlash) oshiriladigan alyuminiy, mis asosidagi qotishmalar (bronza, jez), nikel niobiy, tantal, sirkoniy … Читать далее

KATTA FARGʻONA KANALI

KATTA FARGʻONA KANALI, U s m o n Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali — Fargʻona vodiysida qurilgan eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri. Oʻzbekiston (283 km), Tojikiston (62 km) va Qirgʻiziston (13 km) hududidan oʻtadi. Vodiyni shim.-sharqdan jan.gʻarbga kesib oʻtgan. Asosiy oʻzani uz. 350 km. Vegetatsiya davrida Norin (420 m3/s), Qoradaryo (100 m3/s), Soʻx (12 m3/s) … Читать далее

SEMENT

SEMENT (lot. caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. Sement havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega. Sement qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sementning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabiturlari mavjud. Romansement ohaktoshni … Читать далее