MURUNTOV TOGʻLARI

MURUNTOV TOGʻLARI — Tomditov tarkibidagi togʻlar. Markaziy Qizilqum (Navoiy viloyati)da joylashgan. Jan.-sharqsan shim.-gʻarbga yoʻnalgan. Uz. oʻrtacha 26 km. Eng baland joyi 816 m. Jan.-gʻarbiy yon bagʻri tikroq. Muruntov togʻlari yon bagʻirlarida quruq soy oʻzani koʻp. Su-vayirgʻich qismida keskin ifodalangan qoyatoshli tik yon bagʻir mavjud. Quyi silur, (besapan svitasi), quyi devon (jengeldi svitasi), oʻrta devon (janubiy … Читать далее

MUMLI PALMALAR

MUMLI PALMALAR — mum beradigan palmalar turkumiga mansub oʻsimliklar. Eng mashhurlari — braziliya va and mumli palmalardir. Braziliya Mumli palmalar yoki karnaubaning boʻyi 10 — 12 m, bargi yelpigʻichsimon (diametri 2 m gacha). Braziliya, Boliviya va Paragvay savannalarida uchraydi. Mum kotlami (0,5 sm cha) yosh barglarni nam yoʻqotishdan saqlaydi. Bargidan boʻyra va b. buyumlar toʻqiladi. … Читать далее

MUZ

MUZ — qattiq holatdagi suv. M. asli shaffof, rangsiz, faqat katta xajmdagisi moviyroq rangda. Qor va qirov ham aslida Muzdan iborat. Erish t-rasi — 0°. M. ning 0°dagi zichligi 0,9168 g/sm3, yaʼni suvnikidan kamroq, shuning uchun suvda choʻkmaydi. Muzning molekulyar tuzilishi boʻshliqlarni vujudga keltiradi va shu tufayli uning zichligi kam. 0° dagi Muzning erish issikligi … Читать далее

MIN

MIN — oʻrta asrdagi Xitoyda imperatorlar sulolasi (1368— 1644). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi agʻdarilishi natijasida Chju Yuanʼchjan tomonidan asos solingan. 15-a. boshida bosqinchilik siyosati olib borgan. 1407-y. Xitoy qoʻshinlari Vyetnamni bosib olgan. Jan. dengizlar va Hind okeani mintaqalari tomon Chjen Xe qoʻmondonligi ostida 7 ta dengiz ekspeditsiyasi joʻnatilgan. Portugaliyaliklarning Xitoyda oʻrnashib olishga urinishlari munosabati bilan Min … Читать далее

MIKROSEYSMALAR

MIKROSEYSMALAR (mikro… va seismos — tebranish, zilzila) — atmosfera bosimining oʻzgarishi va b. sabablar tufayli Yer sirtining sinusoida shaklda juda kichik oʻzgaruvchan amplituda bilan tebranishi. Mikroseysmalar tabiiy va sunʼiy, davriy va davriy boʻlmagan tebranishlardan iborat. Tabiiy Mikroseysmalarga dengiz, okean, dare suvlarining chayqalishi, atmosfera bosimining oʻzgarishi, kuchli shamol, doʻl, sel, toshqin va b. sabab bulishi mumkin. … Читать далее

MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib … Читать далее

MOCHIN

MOCHIN (Ulugʻ Chin, Buyuk Chin) qadimda Xitoyning shim. va shim.gʻarbida yashagan xalqlar nomidan kelib chiqqan joy nomi. Mochinning oʻrni ijtimoiysiyosiy vaziyat yoxud xalqlarning koʻchishi natijasida oʻzgarib turgan. Mahmud Koshgʻariy «Devonu lugʻotit turk»da 20 ona turk qabilasidan biri, Yuqori Chinda istiqomat qilgan tabgʻachlarni keyingi davrda «Mochin» deb atalganligini aytib oʻtib, jumladan, «Chin va Mochin xalqlarining alo-hida … Читать далее

MARINA

MARINA (frans. marine, ital. marina — dengiz) — dengiz koʻrinishini aks ettiradigan manzara turi. Mustaqil rangtasvir turi sifatida 17-a. Yevropa sanʼatida ajralib turadi. Dengiz, dengiz hayotidagi muhim tarixiy voqealar, harbiy kemalar tafsilotini aynan tasvirlashda dengiz bezak sifatida xizmat qiladi. Golland marinachilari Marina imkoniyatlarini kengaytirib, dengiz tabiati va u bilan bogʻliq baliqchilar hayotini haqqoniy aks ettirdilar … Читать далее

MANGʻISHLOQ

MANGʻISHLOQ (qozoqcha Manqistov) — Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻidagi ya. o. Qozogʻistonning Mangʻishloq ewionmu tarkibida. Mangʻishloq nomi qadimdan mashhur. «Devonu lugʻotit turk», «Tarixi Abulxayrxoniy», «Abdullanoma» kabi asarlarda ham tilga olingan. Yarim orolning jan.-gʻarbiy qismi tekislik va bu yerlarda baʼzan dengiz sathidan past botiklar (mas, Qoragiye — 132 m) uchraydi. Jan.-sharqida Mangʻishloq platosi (278 m gacha), shi-m. … Читать далее

MINORA

MINORA (arab. — mayoq) — gorizontal (eni) oʻlchamiga nisbatan vertikal (tik) oʻlchami ortiq boʻlgan baland in-shoot. Minoralar aylana, koʻp qirrali yoki toʻrtburchak shaklida barpo qilinib, yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Dengiz sohillarida kemalarning adashmay portga kelishiga xizmat qiladigan (mayoq), televideniye va b. maqsadlarga xizmat qiladigan Minoralar ham bor. Inshootning yuqorisiga chiqish uchun uning ichida aylanma zina … Читать далее