MIKOIL

MIKOIL, Mekoil — islomda 4 bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Isrofil bilan birga). Diniy anʼ-anada koinotni moddiy taʼminlovchi farishta hisoblanadi. U Qurʼonda Jabroil bilan bir qatorda tilga olinadi. Rivoyatlarda aytilishicha, M. Jabroil bilan birga Odamatoga birinchi boʻlib sajda qilgan, Muhammad (sav)ning koʻksini yorib, yuragini poklagan. Musulmonlarga Badr jangise. boshqa farishtalar bilan birga yordam qilgan. Пост … Читать далее

PAYGʻAMBAR

PAYGʻAMBAR (fors. — xabar keltiruvchi) — iudaizm, xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs. Xudo bilan uning bandalari oʻrtasidagi vositachi, xudoning yerdagi vakili, elchisi hisoblanadi. Paygʻambarlar kelajakni biladigan, diniy va tarixiy voqealarni, biror odamning takdirini oldindan aytib beradigan shaxs sifatida tasavvur qilinadi. Islomga koʻra, Paygʻambar bilan Alloh oʻrtasida elchilik qiluvchi farishta … Читать далее

SAVOB

SAVOB (arab. — yaxshilik, ezgulik, ajr) — diniy eʼtiqodga koʻra, xudoning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati. Insonning xatti-harakati va faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat boʻlib, bu islomda Savob va gunoh deb ataladi. Islomga koʻra, diniy koʻrsatmalarni bajarish, inson manfaati yoʻlida faoliyat koʻrsatish kabilar Savob hisoblanib, insonning ish kitobi (nomai aʼmoli)ga farishta … Читать далее

NURMATOV

NURMATOV Hojiakbar (1944.25.11, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1968). 1966-y. dan Hamza teatri (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da aktyor. «Alisher Navoiy» (Uygʻun, I. Sulton) spektaklidagi Moʻmin Mirzo uning sahnadagi ilk obrazidir. Podkolyosin (N. Gogol, «Uylanish»), Frans Moor (Shiller, «Qaroqchilar»), Ibn Sino (Uygʻyn, «Abu Rayhon Beruniy»), Protasov … Читать далее

JANNAT

JANNAT — koʻpchilik diniy taʼlimotlarga koʻra, taqvodor dindorlar narigi dunyoda rohat va farogʻatda yashaydigan joy. Yahudiylik, xristianlik, islom dinlaridagi asosiy tushunchalardan biri. Barcha dinlarda Jannat doʻzaxga qaramaqarshi qoʻyiladi. Bibliya (Qadimgi aha) da Jannat goʻzal bogʻ sifatida tasvirlanadi, unda Odamato bilan Momohavo yashagani, ular gunoh ish qilib qoʻyganlaridan keyin Jannatdan quvilgani haqida yozilgan. Qurʼonda Jannat haqida … Читать далее

JABROIL

JABROIL — islomda toʻrt bosh farishtadan biri (Mikoil, Isrofil, Azroil bilan birga). Diniy aqidaga koʻra, Alloh irodasini paygʻambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi), samoviy ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta; barcha paygʻambarlarga xudo tarafidan keladigan vahiylar farishtalar ulugʻi Jabroil (as) orqali keladi. J. Allohning irodasi bilan Muhammad (sav)ga Qurʼon oyatlarini yetqazib bergan. Qurʼoni karimda Jabroil … Читать далее

QURʼON

QURʼON (arab. — oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632-y. lar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon «Kitob» (yozuv), «Furqon» (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), «Zikr» (eslatma), «Tanzil» (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, «Nur» (yorugʻlik), «Hudo» (hidoyat), «Muborak» (barakotli), «Mubin» (ochiq-ravshan), «Bushro» (xushxabar), … Читать далее

BADRIDDIN KASHMIRIY

BADRIDDIN KASHMIRIY (toʻliq ismi Badriddin ibn Abdussalom ibn Sayyid Ibrohim al-Husayniy alkashmiriy) (16-a. 2-yarmi) — tarixchi, adib, shoir. 1554-y. Kashmirdan Buxoroga kelgan va Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom va uning vorislari Xoja Saʼd va Xoja Tojiddin Hasanning shaxsiy kotibi boʻlgan. Badriddin Kashmiriy Abdullaxon II ga bagʻishlangan Z«afarnoma» dostoni (1593), koʻplab masnaviy, gʻazallar, shuningdek umumiy tarixning … Читать далее

DOʻZAX

DOʻZAX, jahannam — koʻpchilik diniy taʼlimotlarga koʻra, din talablarini bajarmagan gunohkorlar oxiratda jazolanadigan joy. Yahudiylik, xristianlik, islom dinlaridagi asosiy tushunchalardan biri. Qurʼonda Doʻzax haqida bir necha oʻrinda taʼkidlab oʻtilgan (6:128; 11:106, 107). Diniy aqidaga koʻra, Doʻzaxni Alloh kofirlarga va gunohkor bandalarga jazo berish uchun yaratgan. Doʻzax ichida olov yonib turadigan dahshatli chuqurlikdir. Doʻzaxga mahkum qilingan … Читать далее

KOHIN

KOHIN (arab.) — gʻoyibdan xabar beruvchi, bashoratgoʻy. Islomdan avvalgi Arabistonda vasvasa holatida Alloh yoki uning vakili — farishta yoki jin b-n muloqot qilgan odam shunday deb atalgan. Qabila odamlari biron-bir ish qilishdan oldin uning oqibati qanday boʻlishini Kohindan soʻrashgan. Qabiladoshlari Muhammad (sav)ni ham dastlab Kohin — folbin deb oʻylashgan. Qurʼon oyatlarida (52:29; 69:42) ularning shubhalariga … Читать далее