MUR

MUR (Moore) Stanford (1913.4.9, Chikago – 1982.23.8, Nyu-York) — amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy FA va Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi. Nyu-Yorkdagi Rokfeller tibbiyot tadqiqotlari in-ti prof. (1952-y. dan). Ilmiy ishlari oqsillarning tuzilishi va fermentlar kimyosiga oid. Aminokislotalar mikdorini aniqlash, ularni xromatografik usulda ajratish uchun avtomatik qurilmani taklif etgan. Nobel mukofoti laureati (1972, K. Anfinsen … Читать далее

MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

MIKSOBAKTERIYALAR

MIKSOBAKTERIYALAR (Myxobacterales) — grammanfiy bakteriyalar tartibi. Sirpanib harakatlanadi, me-vali tana va miksosporalar hosil qiladi. Vegetativ hujayralari tayoqchasimon (uz. 0,7—1,0—3,0—6,0 mkm), koʻndalang boʻlinib koʻpayadi. Mevali tana hosil boʻlishida hujayralar birga toʻplanadi; baʼzan shaklini oʻzgartiryb, suvsizlikka chidamli mikro-sporalar hosil qiladi. Sporalar unib chiqib, vegetativ hujayraga asos soladi. Mevali tanasining oʻlchami, shakli va rangi sistematik ahamiyatga ega. Miksobakteriyalar … Читать далее

MIOZIN

MIOZIN — muskul tolalari (miofibrillar)nipt asosiy oqsili. Muskul oqsilining 40—60%ini tashkil etadi. Globulinlarga kiradi. Miozin miofibrillarning boshqa oqsili — aktin bilan birikkanda muskullar qisqarish sistemasining asosiy struktur ele-menti — aktomiozin hosil boʻladi. Miozinning muhim xossalaridan yana biri adenozintrifosfat kislota (ATF)ni parchalab yuborishidir. Ayni vaktda bir talay energiya vujudga keladi va Miozin aktin bilan birikib, muskulning … Читать далее

PENITSILL

PENITSILL, penitsillium (Penicillium) — gifomitsitlar tarti-biga mansub zamburugʻlar turkumi. Ipga oʻxshash mitseliysi yashilkulrang, koʻp marta tarmoqdangan, substratni teshib kirib usadi. Konsidiy (spora) lari mitseliysi uchidagi oʻsimtalarida hosil boʻladi. Ayrim turlari xaltali bosqichlar hosil qiladi. 250 ga yaqin turi bor, keng tarqalgan, ayniqsa, moʻtadil iqlimda koʻp uchraydi. Koʻpchiligi saprofit, ayrim turlari parazit. Tabiatda oʻsimlik va hayvon … Читать далее

MEYERGOF

MEYERGOF (Meyerhof) Otto (1884.12.4, Gannover – 1951.6.10, Filadelfiya) — nemis biokimyogari. AQSH Milliy FA aʼzosi (1949). Tibbiyot d-ri (1909). Filadelfiyadagi Pensilvaniya unti prof. (1940-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari muskullarning qisqarishi biokimyosiga oid. Uglevodlarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishi va u bilan bogʻlangan holda adenozintrifosfat qamda kreatinfosfatning oʻzgarishini tadqiq qildi. Ishlayotgan va tinch turgan muskullarda uglevodlarning anaerob parchalanishi … Читать далее

PROTEINLAR

PROTEINLAR, oddiy oqsillar — molekulalari aminokislotalar qoldigʻidan tuzilgan (bir-biri b-n, asosan, amin va karboksil guruxlari orqali birikkan) moddalar. Suvda va tuzli eritmalarda eruvchanligiga koʻra, Proteinlarga tegishli oqsillar 7 xilga ajratiladi: albulinlar, globulinlar, glutaminlar, gistonlar, prola-minlar, protaminlar, skleroprote-inlar. Pepsin, tripsin, ximotrip-sin, papain kabi proteolitik fermentlar ham Proteinlarga taalluqli. Proteinlar termini, koʻpincha, oqsillar sinoni-mi sifatida qoʻllanadi. Пост … Читать далее

PESTITSIDLAR

PESTITSIDLAR (lot. pestis — maraz, caedo — oʻldiraman) , zaharli kim-yoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham Pestitsidlarga kiritiladi. Pestitsidlar tirik organizmlar hujayralariga ki-rib ularning fizik va kimyoviy … Читать далее

MUTSINLAR

MUTSINLAR (lot. mucus — shilliq) — glikoproteidlarga mansub uglevodoqsilli birikma, shilimshiqning asosiy tarkibiy qismi, shilliq modda. Odam va hayvonlarning nafas, ovqat hazm qilish, siydiktanosil yoʻllari shilliq qavatlaridagi, shuningdek, jagʻ osti, til osti soʻlak bezlaridagi epitelial hujayralaridan ajraladi. Choʻziluvchan massa, proteolitik fermentlar taʼsiriga chidamli. Mutsinlar ogʻiz boʻshligʻi va meʼdaichak yoʻli shilliq qavatini turli mexanik va kimyoviy … Читать далее

MIKROBIOLOGIYA SANOATI

MIKROBIOLOGIYA SANOATI — sanoat tarmogʻi; i. ch. jarayonida turli nooziq-ovqat xom ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidrolizatlar, yogʻoch)dan va qand lavlagi, makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va b. ning donini sanoatda kayta ishlash chiqitlaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi. Oqsilvitaminli konsentratlar, aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar, oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda … Читать далее