MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

MARMARAK

MARMARAK (Solvia L.) — koʻp yillik oʻtlar turkumi; gulzorlarda ekiladigan bir yillik manzarali oʻsimlik. Marmarakning yaltiroq Marmarak, Korolkov Marmarak gi, xushboʻy Marmarak, xivicheimon Marmarak, choʻl M. gi (zigʻirak) kabi 5 turi bor. Yaltiroq Marmarak (S.splendens ver. Gawl.) — bir yillik oʻt, boʻyi 50—80 sm, poyasi tik usadi. Barglari uchburchaklinashtarsimon. Gultoji 50—60 mm. Iyun — okt. … Читать далее

KOLYURIYA

KOLYURIYA (coluria) — raʼnodoshlar oilasiga mansub ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Yoʻgʻon ildizpoya hosil qilib oʻsadi. Ildiz boʻgʻzi barglari bandli, poyadagilari bandsiz, mayda. Guli sariq, yakka yoki toʻpgul. Mevasi koʻp yongʻoqli. Jan. Sibir, Shim. Moʻgʻuliston va Xitoyda 5—7 turi bor. Oltoy, Sharqiy Qozogʻiston, Krasnoyarsk ulkasining jan. va Tuvadagi dasht va toshloq togʻ yon bagʻirlarida bir turi … Читать далее

PESTITSIDLAR

PESTITSIDLAR (lot. pestis — maraz, caedo — oʻldiraman) , zaharli kim-yoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham Pestitsidlarga kiritiladi. Pestitsidlar tirik organizmlar hujayralariga ki-rib ularning fizik va kimyoviy … Читать далее

PERIODONTIT

PERIODONTIT (peri… va yun. odontos — tish) , peritsementit — tish ildizi atrofidagi toʻqimalar (peri-odont) ning yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra, infeksion va noinfeksi-on boʻladi. Infeksion Periodontit koʻp uch-raydi. Infeksiya periodontga turli yoʻllar: ildiz kanali, ildiz milki, chirigan tish (kariyes) orqali tushadi. Noinfeksion Periodontit dori, kimyoviy moddalarning periodont yorigʻiga tushishi, periodontning mexanik shikastlanishi (zarb, qattiq narsalarni … Читать далее

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI — makkajoʻxorini zararlaydigan hasharotlar. 70 ga yaqin turi bor. Asosiylari: koʻsak qurti, karadrina, kuzgi tunlam, simkurt, leukan tunlami, makkajoʻxori kapalagi, makkajoʻxori bita, makkajoʻxori sustkashi va b. Leukan tunlami (Leucania vitellina Hb.) — kapalaklar turkumining Leucania avlodiga mansub hasharot. Makkajoʻxorini 7—9 barg chiqargan fazasida bargi, guli, roʻvaklari va soʻtasini zararlaydi. Bu oʻsimlikka 4 ta … Читать далее

POMIDOR

POMIDOR (ital. pomudoro, porno dʻoro — oltin olma) (Lucopersicon) — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar va yarim butalar turkumi, sabzavot ekini. 3, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 7 turi mavjud. Oddiy — yeyiladigan Pomidor (L.eskulentum) jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda (ochiq va himoyalangan yerlarda) ekiladi. Jahon boʻyicha ekin maydoni 3,5 mln. ga, hosildorligi 268,6 … Читать далее

PERU GʻOʻZASI

PERU GʻOʻZASI, Janubiy Amerika gʻoʻzasi, si-aylend goʻzasi (Gossypium barbadense L.) — madaniylashtirilgan gʻoʻza turi. Genomi (AD)2, xromosomalar soni 2p=52. K. Linney taʼriflab bergan (1753). Jan. Amerikada (Peru, Boliviya, Shim. Braziliya, Ekvador, Kolumbiya), Misr, Sudan, Nigeriyada tarqalgan. Peru gʻoʻzasining madaniylashtirilgan shakllari koʻpgi-na mamlakatlarda uzun tolali gʻoʻza navlari sifatida ekiladi. Peru gʻoʻzasi — yi-rik yoki oʻrtacha monopodial … Читать далее

KUZGI SOʻLISH

KUZGI SOʻLISH — ekinlarda uchraydigan noinfeksion kasallik. Kasallikning oʻziga xos xususiyati ekinning egilib qolishi va tezkorlik (2—3 kun) b-n oʻtishidir. Kasallik asosiy hosilni toʻplash davriga toʻgʻri keladi. Mas, gʻoʻzada kasallangan oʻsimlikning bargi qizgʻish tusga kiradi, biroq dogʻlar hosil boʻlmaydi, poyasi va ildizining koʻndalang kesimi sogʻlom oʻsimliknikidan farq qilmaydi, poyaning oʻtkazuvchi vay qismida vilt kasaligiga xos … Читать далее

PAKANA GʻOʻZA

PAKANA GʻOʻZA — boʻyi past, tupi ixcham, hosil shoxlari kalta, tabiiy holda uchraydigan gʻoʻza shakllari va sunʼiy yaratilgan navlari. Pakana gʻoʻza navlari oddiy madaniy navlarni past boʻyli gʻoʻza shakllari bilan chatishtirish, shuningdek, chigit yoki gʻoʻzaning generativ organlariga mutagenlar (kimyoviy modda, gamma nurlar va h. k.) taʼsir ettirish natijasida yaratilgan. Pakana gʻoʻzaning boʻyi 30—70 sm dan … Читать далее