PERIODONTIT

PERIODONTIT (peri… va yun. odontos — tish) , peritsementit — tish ildizi atrofidagi toʻqimalar (peri-odont) ning yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra, infeksion va noinfeksi-on boʻladi. Infeksion Periodontit koʻp uch-raydi. Infeksiya periodontga turli yoʻllar: ildiz kanali, ildiz milki, chirigan tish (kariyes) orqali tushadi. Noinfeksion Periodontit dori, kimyoviy moddalarning periodont yorigʻiga tushishi, periodontning mexanik shikastlanishi (zarb, qattiq narsalarni … Читать далее

PIYELONEFRIT

PIYELONEFRIT (yun. pyelos — jom va nephros — buyrak) — buyrak va buyrak jomining yalligʻlanishi (piyelit). P. mustaqil ravishda yoki siydik yurishini qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (prostata bezi adenomasi, siydik toshi kasalligi va b.) natijasida vujudga kelishi mumkin. Piyelonefrit turli infeksion kasalliklar oqibatida ham paydo boʻladi. Bolalarda koʻpincha gripp, zotiljam va nafas organlarining boshqa kasalliklari … Читать далее

TUGʻRUQ

TUGʻRUQ — homiladorlikni yakunlaydigan murakkab fiziologik jarayon. T. dan homila va yoʻldosh tugʻruq yoʻllaridan oʻtib, ajralib chiqadi. Tugʻruq normal kechganida homila 10 akusher (9 kalendar) oyida tugʻiladi; bu davrda homila yetuk, bachadondan tashqarida yashash qobiliyatiga ega boʻladi. Homilador ayollarning koʻpchiligida Tugʻruqda 2 hafta oldin tugʻruq nishonasi koʻrinadi; bunda bachadon tubi keskin oldinga egiladi, qorin pastga … Читать далее

KOʻZ KASALLIKLARI

KOʻZ KASALLIKLARI — koʻz soqqasi, qovoq, konyunktiva, koʻz yoshi aʼzolari va koʻz kosasi kasalliklari. Yaqindan va uzoqdan koʻrolmaslik, koʻz astigmatizma x. am Koʻz kasalliklariga kiradi. Koʻz kasalliklari tugʻma va hayotda orttirilgan, yuqumli va yuqumsiz, utkir va surunkali, bitta yoki ikkala koʻzda boʻladi. Organizmning umumiy kasalliklari: infeksion (sil, zaxm, revmatizm, gripp, difteriya, tiflar va b.), parazitar … Читать далее

XOLETSISTIT

XOLETSISTIT (yun. chole oʻt va kystis — pufak) — oʻt pufaginyant yalligʻlanishi. Ovqat hazm qilish sistemasining keng tarqalgan kasalliklaridan biri. Koʻproq oʻrta va keksa yoshdagi ayollarda uchraydi. Aksariyat oʻtpgosh kasalligida kuzatiladi. Oʻt pufagi funksiyasining buzilishi (diskineziya), unda tosh paydo boʻlib, oʻt toʻxtab qolishi, ovqatlanish xususiyatiga bogʻliq holda oʻt tarkibining oʻzgarishi, kam harakatlanish, surunkali qabziyat, homiladorlik, … Читать далее

OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR

OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR — viruslar qoʻzgʻatadigan, kelib chiqishi bir-biriga oʻxshash oʻtkir infeksion kasalliklarning umumiy nomi. Nafas yoʻllari (burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) shilliq pardalari, koʻz shilliq pardasi — konyunktivaga zarar yetishi bilan kechadi. Oʻtkir respirator kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga adenoviruslar, paragripp viruslari, rinoviruslar va boshqalar kiradi. Oʻtkir respirator kasalliklarning ayrim (sporadik) guruhlari koʻproq kuzatiladi, lekin ular aholining butun … Читать далее

OʻSIMLIKLAR KASALLIKLARI

OʻSIMLIKLAR KASALLIKLARI — oʻsimliklarda turli sabablar — kasallik qoʻzgʻatuvchilar hamda noqulay tashqi sharoit taʼsirida yuz beradigan patologik jarayonlar. Bular organizm funksiyasi (fotosintez, nafas olish, oʻstiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar harakati)ning buzilishiga, oʻsimlikning butunlay nobud boʻlishi yoki baʼzi organlarining zararlanishiga olib keladi. Oʻsimliklar kasalliklari hosilni kamaytirib, sifatini buzadi. Mas, viltning rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay … Читать далее

KONYUNKTIVIT

KONYUNKTIVIT — konyunktivaning yalligʻlanishi. Asosan, infeksiya (streptokokk, pnevmokokk va b.), fizik va kimyoviy moddalar tushishi (mas, qovoklarni hadeb boʻyash — ekzogen omil), umumiy infeksion kasalliklar (qizamiq, skarlatina, allergik yoki meʼda-ichak yoʻli kasalliklari — endogen omil), shuningdek, alkogolizm va b. sabab boʻladi. Oʻtkir va surunkali Konyunktivit farq qilinadi. Oʻ t k i r K. kelib chiqishiga … Читать далее

XORIOIDIT

XORIOIDIT (lot. chorioida — koʻzning tomirli pardasi) — quzning tomirli pardasi yalligʻlanishi. Bunda, koʻz toʻr pardasi ham zararlanadi (xorioretinit). Kupincha, sil, zaxm, tugʻruqdan keyingi sepsis, koʻzning shikastlanishi va b. oqibatida kelib chiqadi. Infeksiya tomirli pardaga qon orqali oʻtadi. Xorioiditda oʻchokdi yalligʻlanish kuzatiladi, keyinchalik tomirli va toʻr pardaning yalligʻlangan kismi atrofiyata uchraydi, koʻz xiralashadi. Kasallik belgilariga … Читать далее

XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI

XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI, ayollar kasalliklari, ginekologik kasalliklar — xotinqizlar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bogʻliq kasalliklar boʻlib, ginekologiya fani oʻrganadi. Bu kasalliklar jinsiy sistemaga tegishli boʻlsada, u butun organizmga taʼsir qiladi. Barcha aʼzo va sistemalar bir-biri bilan uzviy bogʻliqligi tufayli Xotin-qizlar kasalliklariga butun organizmning kassalligi deb qarash lozim; ginekologik kasalliklar oʻz navbatida boshqa aʼzo va sistemalar … Читать далее