MILL Jon Styuart

MILL Jon Styuart (1806.20.5, London — 1873.8.5, Avinyon) — ingliz faylasufi, iqtisodchi va jamoat arbobi. Ost-Indiya kompaniyasida (1823—58) xizmat qilgan. 1865—68 y. larda parlament aʼzosi . Liberal va demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan. Millning dunyoqarashi D. Rikardo, I. Bentam, J. Berkli, D. Yum va b. ning falsafiy, iqtisodiy nazariyalari taʼsirida shakllangan. U murosali siyosat va davlatning iqtisodiyotga … Читать далее

MEHNAT IQTISODIYOTI

MEHNAT IQTISODIYOTI — jamiyatda mehnatni tashkil etish hamda ish kuchidan foydalanishning samaradorligini ifodalovchi i. ch. munosabatlarining oʻziga xos xususiyatlari maj-mui; mehnatning ijtimoiy tashkil etilishini hamda mehnatga haq toʻlash tizimini oʻrganuvchi fan. Mehnat iqtisodiyotining predmeti — texnikaviy, tashkiliy, kadrlar yoki boshqa xarakterdagi omillar taʼsirida qaror to-padigan ijtimoiy-iktisodiy munosabatlardir. Mehnat iqtisodiyoti — fan sifatida mehnat munosabatlari sohasidagi … Читать далее

MBEKI Tabo Mvuyelua

MBEKI Tabo Mvuyelua (1942.9.6, Sharqiy Kap viloyatining Idutiva qishlogʻi) — Jan. Afrika Respublikasi davlat arbobi. Buyuk Britaniyadagi Susseks untining iqtisodiyot f-tini tugatgan (1966). 1967-y. dan Afrika milliy kongressi (AMK) xodimi, 1971-y. dan Lusakadagi AMK Inqilobiy qoʻmita kotibi yordamchisi, 1975-y. AMK Milliy ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, 1976-y. dan AMKning Ni-geriyadagi vakili, 1978-y. dan AMK prezidentining siyosiy ishlar … Читать далее

MAHALLIY BYUDJETLAR

MAHALLIY BYUDJETLAR — davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning … Читать далее

MARKOVIS

MARKOVIS (Markowitz) Xarri — amerikalik iqtisodchi. Kaliforniya unti prof. (1968), «Arbitraj menejment kompani» prezidenta (1969—72), Pensilvaniya unti moliya prof. (1972— 74), Rutjerov untining iqtisodiyot va moliya boʻyicha xizmat koʻrsatgan prof. Amerika moliya assotsiatsiyasi prezidenti. Markovis qimmatli qogʻozlar bozoriga matematik usullarni koʻllash imkoniyatlarini, shuningdek, portfel investitsiyalarini tanlash, investitsiyalarni samarali diversifikatsiyalash mu-ammolarini tadqiq etgan. U turli qimmatli … Читать далее

MODDIY RESURSLAR

MODDIY RESURSLAR — iqtisodiyot taraqqiyoti va i. ch. jarayoni uchun zarur boʻlgan moddiy-ashyoviy neʼmatlar yigʻindisi, moddiy-ashyoviy shakldagi iqtisodiy resurslar. M. r. ga tabiiy boyliklar, materiallar, mashina-mexanizmlar, bino-inshootlar, asbob-uskuna va qurilmalar kiradi. Moddiy resurslar ishlab chiqarishning buyumlashgan yoki moddiy omilini tashkil qiladi. Moddiy resurslar ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi, maʼlum mahsulot turini yaratiщda oʻzining dastlabki … Читать далее

MELBURN UNIVERSITETI

MELBURN UNIVERSITETI — Avstraliyadagi yirik un-tlardan biri. 1853-y. da tashkil etilgan. Huquq, tibbiyot, q. x., meʼmorlik, tabiiy fanlar, stomatologiya, iqtisodiyot va savdo, ped., veterinariya, musiqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 23 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1855-y. tashkil etilgan)da 700 mingga yaqin asar saqlanadi. Пост Навигацияси

MIKROIQTISODIYOT

MIKROIQTISODIYOT (yun. mikros kichik va iqtisodiyot) — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yuri-tuvchi subyektlar urtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir. Jahon statistikada uy xoʻjaliklariga birgalikda yashovchi kishilar gurux/tri yuritadigan umumiy xoʻjalik sifatida qaraladi. Odatda, bunday xoʻjalik oila, yaʼni … Читать далее

MID

MID (Meade) Jeyms Eduard (1907.23.6, Suonije, Dorset grafligi, Buyuk Britaniya — 1995.22.12) — ingliz iqtisodchisi. 1937-y. da Millatlar Ligasi kotibiyatida «Jahon iqtisodiy sharhi» nashri muharriri. 1940-y. da Angliyaga qaytib kelib, J. M. Keyns guruhida Xalqaro valyuta fondini tashkil etish orqali xalqaro moliyaviy va savdo tizimini qayta qurish muammolari bilan shugʻullandi. Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi Kotibiyatining … Читать далее

KOʻP UKLADLI IQTISODIYOT

KOʻP UKLADLI IQTISODIYOT — turli mulk shakllari va har xil xoʻjalik turlarining yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiy tizim. Xoʻjalik yuritish tarzi va uklad subyektlari faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos tizimiga ega boʻlgan turli i. ch. munosabatlarining birgalikda mavjud boʻlishi bilan yakka ukladli iqtisodiyotdan farq qiladi. Har qanday iqtisodiyot koʻp ukladli xarakterga ega. Iqtisodiyot tuzilmalarning oʻzgaruvchanligi ukladlar … Читать далее