MIKOIL

MIKOIL, Mekoil — islomda 4 bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Isrofil bilan birga). Diniy anʼ-anada koinotni moddiy taʼminlovchi farishta hisoblanadi. U Qurʼonda Jabroil bilan bir qatorda tilga olinadi. Rivoyatlarda aytilishicha, M. Jabroil bilan birga Odamatoga birinchi boʻlib sajda qilgan, Muhammad (sav)ning koʻksini yorib, yuragini poklagan. Musulmonlarga Badr jangise. boshqa farishtalar bilan birga yordam qilgan. Пост … Читать далее

TAVROT

TAVROT (qad. yahudiycha «tora» — taʼlimot, qonun) — iudaizm dinining muqaddas kitobi. Tavrot 5 ta kitob (Ibtido, Chiqish, Loviy, Sonlar, Ikkinchi qonun) ning umumiy nomi. Iudaizm va islom aqidasi boʻyicha, T. Alloxning Musoga Jabroil orqali tushirgan kitobi. Koʻpincha u «Muso qonunlari» deb ham ataladi. Tavrot yozuvlari ogʻzaki tarzda mil. av. 11—6-a. lar oʻrtasida shakllangan. 5-a. … Читать далее

LAYLATUL-QADR

LAYLATUL-QADR (arab. — qadr kechasi) — islom aqidasiga koʻra, ramazon oyining 26 dan 27ga oʻtar kechasi. Bu kechaning ulugʻlanishi Qurʼoni karimning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kecha ming oydan afzal ekani toʻgʻrisida Qurʼonda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik boʻladigan ishlar rejasini … Читать далее

IQBOL

IQBOL Muhammad (1873 yoki 1877.22.2, Sialkot — 1938.21.4, Lohur) — hind shoiri, faylasuf. Urdu va fors tillarida ijod qilgan. Sialkot, Lohur kollejlarida taʼlim olgan. 1905—08 y. larda Angliya va Germaniya un-tlarida oʻqigan. Ilk sheʼr («Yetim nolasi», 1899) va doston («Himolay», 1899)laridayoq insonni, tabiatni, xalq dar-di va kayfiyatini kuylaydi. «Eronda tasavvufning taraqqiyoti» (1908) asarida Sharq falsafasi … Читать далее

NARSHAX

NARSHAX, Narjak, — Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi qad. qishloq. Ilk oʻrta asrlarda Narshaxda katta hisor (qoʻrgʻon) boʻlgan. Muqanna qoʻzyulonittg markazlaridan biri shu qishlokda joylashgan. 776-y. apr. da Muqanna tarafdorlari bilan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz lashkari oʻrtasida Narshaxda katta jang boʻladi. Xalifa Maxdiyning vaziri Jabroil ibn Yaqyo arablarga yordamga kelib, Narshaxni qamal qiladi. Toʻrt oylik … Читать далее

QURʼON

QURʼON (arab. — oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632-y. lar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon «Kitob» (yozuv), «Furqon» (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), «Zikr» (eslatma), «Tanzil» (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, «Nur» (yorugʻlik), «Hudo» (hidoyat), «Muborak» (barakotli), «Mubin» (ochiq-ravshan), «Bushro» (xushxabar), … Читать далее

BUROQ

BUROQ (arab, «yarqiroq», «barq» soʻzidan) — islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va uchadigan maxluqning nomi. Qurʼoni karimda zikr qilinishicha (17:1), Muhammad (sav) uni minib Makka sh. dan «tungi sayr»da meʼrojga chiqqan. Rivoyat qilishlaricha, B. Muhammad (sav)ni Kaba oldiga kelib kutib turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan soʻng boʻysungan. Buroq boshqa paygʻambarlar, chunonchi … Читать далее

ISRO VA MEʼROJ

ISRO VA MEʼROJ — islom tarixida Muhammad (sav) ning Makkadan Quddusga qilgan tungi sayri (isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan osmonga koʻtarilishi (meʼroj). Bu hakda Qurʼon oyatlari va hadisi shariflarda keng maʼlumotlar berilgan. Bu hodi-sa ilohiy moʻjizalar turiga kirgani uchun moddiylik va akliy dalillar bilan chegaralanuvchi kishilar uni inkor etadilar. Hadis va rivoyatlarda aytili-shicha, Muhammad (sav) … Читать далее

ZAMZAM

ZAMZAM, Obi zamzam — Makka sh. dagi Almasjid al-Harom sahnidagi muqaddas buloq. Kaʼba yonida boʻlib, hoz. vaqtda pastda — alohida va maxsus joyga oʻtkazilgan suv joʻmraklari orqali ichiladi. Buloqsuvi kengligi bir qarichdan ortiqroq poʻlat quvur orqali chiqadi, oynaband xonada xizmatchilar uni masjidning birinchi, ikkinchi va uchinchi qavati (tomi)ga tarqalishini nazorat qilib turadilar. Suv tarqatgich uskunalar … Читать далее

VAHIY

VAHIY — islom aqidasiga koʻra, paygʻambarlarga farishtalar orqali Alloh tarafidan yuborilgan buyruq yoki koʻrsatmalar. Vahiy aniq va ravshan qilib aytilgan. Lekin baʼzi Vahiylar tushda koʻrilgan ishorat shaklida ham boʻlgan. Mac, hazrat Ibrohim (as)ning tushida «oʻgʻling Ismoil (as) ni qurbonlik qil» deb buyurilgani ham Vahiy deb hisoblanadi. Vahiy Muhammad (sav)ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil boʻlganligi … Читать далее