MAGNITOGRAF

MAGNITOGRAF (magnit va… graf) — 1) Yer magnit maydonining vaqt boʻyicha oʻzgarishlari (magnit variatsiyalari)ni uzluksiz qayd qilib boradigan asbob. Magnit variometr va kayd qilgichdan iborat. Magnit variometrlarning optik-mexanik, magnitga toʻyingan, induksion, kvant, oʻta oʻtkazuvchan xillari boʻladi. Qayd qilgichlar sifatida chastota oʻlchagichlar, raqamli voltmetrlar, peroli elektr potensionmetrlar, magnitofonlar, perforatorlar va b. dan foydalaniladi. Eng oddiy Magnitograf … Читать далее

MAGNIT KALLAK

MAGNIT KALLAK — tovush (nutq, musiqa)ni magnit lentata yozib olish (oʻchirish) yoki qayta eshittirish uchun moʻljallangan qurilmaning asosiy qismi. U, asosan, oʻzak (magnit oʻtkazgich) va bir yoki bir necha chulgʻamdan iborat. Magnit kallak oʻzagida magnit lenta bilan kallakning magnit aloqasini taʼminlovchi ish oraligʻi (slyuda, bronza bilan toʻldirilgan bir necha mkm oraliq) bor. Oʻzak magnit oqimini … Читать далее

MAREOGRAF

MAREOGRAF (lot. mare va… graf) — dengiz suvi sathi oʻzgarishlarini avtomatik tarzda uzluksiz qayd qilib boradigan asbob. Muqim (statsionar) va gidrostatik xillari bor. Qalqovuchli muqim Mareografda suvning toʻlqinlanishi tufayli qalqovuchning dam balandga, dam pastga koʻtarilib-tushib turishi natijasida (mexanik oʻtkazgichlar tizimi yordamida) asbob perosi barabanga kiygizilgan diagramma lentasi sirtida siljiydi. Barabanni soat me-xanizmi harakatlantirib turadi. Pero … Читать далее

KINOTELEVIZION TEXNIKA

KINOTELEVIZION TEXNIKA — tasvirlarni suratga olish, montaj qilish va oʻzatish uchun kino va televideniye vositalaridan foydalaniladigan usullar majmui. Kino va televideniye vositalari deganda kinotexnika, televideniye va videoyozuv vositalarining uygʻunlashuvi tushuniladi. Ushbu yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi: televizion filmlarni toʻgʻridan-toʻgʻri kinoga olish; televizion tasvirlarni kineskop ekranidan yoki bevosita elektron nurli kamera yordamida yozib olish; videonazorat qurilmasi (monitor) … Читать далее

MOGILYOV

MOGILYOV — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan «Strommashina», «Elektrodvigatel», metall konstruksiyalar, lift z-dlari), kimyo («Lavsan» sintetik … Читать далее

MAGNIT LENTA

MAGNIT LENTA, magnit tasma — sirtiga magnit katlami surkalgan yupqa qayishoq lenta. Tovush (nutq, musiqa) ni yozib olish va qayta eshittirish uchun ishlatiladi (q. Magnitik yozish). Ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid (v=F2O3), xrom (II) oksid (SYU2) va kobalt qoʻshilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat buladi (q. Magnit materiallar). M. l. asosi sifatida polietilenteleftalat, … Читать далее

ELEKTROTEXNIKA POʻLATI

ELEKTROTEXNIKA POʻLATI — magnit jihatdan yumshoq yupqa list poʻlat. Elektrotexnika jihozlari (transformator, generator va boshqalar) ning magnit oʻtkazgichi (oʻzagi) ni yasash uchun ishlatiladi. Magnit xossasi darajasiga qarab, poʻlatga har xil miqdorda kremniy qoʻshib legirlanadi. I. ch. texnologiyasiga qarab, sovuqlayin prokatlanadi (izotropli yoki anizotropli; 3,3% gacha §1) yoki qizdirib prokatlanadi (izotropli; 4,5% gacha 81); legirlovchi qoʻshilmalar … Читать далее

POYDEVOR

POYDEVOR, fundament (lot. fundamentum — asos) — imorat va inshootning ost qismi yoki mashina (kompressor, nasos, stanok)ning asosi. Ularning ogirligi Poydevor orqali tabiiy yoki sunʼiy zaminga tushadi. Poydevor turlari kurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlariga, kuriladigan imorat yoki inshootning vazifa-siga, tushadigan ogʻirlikka qarab tanlanadi. Qatlam grunti xususiyati, yer osti suvlarining sathi, zaminga taʼsir etuvchi yuk … Читать далее

EKINLARNI EKISH

EKINLARNI EKISH — hosil olish uchun oʻsimlik urugʻini tuproqning yuqori qatlamiga joylash; asosiy afotexnika tadbirlaridan biri. Ekinlarni ekish usullari ekinlarning oziqlanish maydoniga, yorugʻlik va namga boʻlgan talabini, ekin parvarishini, birinchi navbatda, qator oralarini mexanizatsiya yordamida ishlashni hisobga olgan holda tanlanadi. Sochib ekish — eng oddiy usul; bunda qoʻl bilan sepilgan urugʻ tuproq ustiga tushib, borona … Читать далее

TABULYATOR

TABULYATOR (lot. tabula — jadval, yozuv) — elektr mexanik raqamli hisoblash mashinasi; bunda perforatsion lentalarga belgilangan son va raqamli axborotlar avtomatik tarzda ishlanadi, hisoblash natijalari qogʻoz lenta yoki maxsus xos qogʻozga yoziladi. Tabulyator tarkibiga: boshqarish qurilmasi, perfokartalardagi axborotlarni kiritish qurilmasi; axborotni «bosish» yoki perfokartaga chiqarish qurilmasi kiradi. Tabulyator mashinahisoblash styasining asosiy texnologik jihozi hisoblanadi. Пост … Читать далее