MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

MARGANESLI OʻGʻITLAR

MARGANESLI OʻGʻITLAR — tarkibida marganes boʻlgan oʻgʻitlar. Marganesli oʻgʻitlarga maxsus tayyorlangan oʻgʻitlar va preparatlar, marganes bilan boyitilgan mineral oʻgʻitlar va baʼzi sanoat chiqindilari kiradi. Marganesli oʻgʻitlar sifatida marganesli superfosfat (2-3% MpO, 17-18% R2O5), marganes sulfat (MnSO4), tarkibida marganes boʻlgan preparat (3,5 — 4,5% MpO); tarkibida fosfor va marganes boʻlgan preparat (18% MnSO4); marganesli shlam (12—22% … Читать далее

OʻGʻIT

OʻGʻIT — tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlar boʻlgan yoki tuproqdagi oziq moddalarni harakatga keltiradigan organik yoki anorganik moddalar. Oʻgʻit deganda oʻsimlikning oziq elementlari bilan birga, tuproqqa solinganda oziq elementlarini ishga solishga yordam beradigan bakterial preparatlar, tuproq strukturasi, kimyoviy va biologik xususiyatlarini yaxshilaydigan pqeparatlar ham tushuniladi. Odam U. larni qoʻllab oʻsimliklar uchun ijobiy oziqlanish balansi … Читать далее

XLOROZLAR

XLOROZLAR (yun. chloros — och yashil, yashilsargʻish) , oʻsimlik barglarining rangeizlanishi — barglarning kisman yoki butunlay sargʻayishi bilan kechadigan kasallik. X. da bargda xlorofill hosil boʻlishi buziladi va fotosintez jarayoni susayadi (barglarning maydalashuvi, ularning barvaqt toʻkilishi, poya uchlarining qurishi, ildiz tuklarining nobud boʻlishi va b. kuzatiladi). Patogen mikroorganizmlar, tuprokda temir va b. mikroelementlarning yetishmasligi hamda … Читать далее

MISLI OʻGʻITLAR

MISLI OʻGʻITLAR — tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklda mis boʻlgan mikrooʻgʻitlar. M. oʻ. sifatida mis sulfat (mis kuporosi), pirit (kolchedan) chiqindi va tarkibida mis boʻlgan har xil sanoat chiqindilari ishlatiladi. Misli oʻgʻitlarga bugʻdoy, suli, arpa, kungaboqar, qand lavlagi ancha talabchan. Misli oʻgʻitlar 4—6 y. da bir marta 5—6 kg/ga mikdorida kuzgi shudgorlashda solinadi. Mis kuporosidan, … Читать далее

QISHLOQ XOʻJALIGINI KIMYOLASHTIRISH

QISHLOQ XOʻJALIGINI KIMYOLASHTIRISH — q. x. ishlab chiqarishi jarayonlarida kimyoviy moddalarni qoʻllash; kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va agrokimyo fani yutuklaridan foydalangan holda kam mehnat va mablagʻ sarflab olinadigan mahsulot hajmini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlardan biri. Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirishni «kimyolashtirish» atamasi 20-a. ning 30-y. larda turli zonalarda oʻgʻitlar tizimini qoʻllash tufayli rus olimi D. … Читать далее