MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

MEHNAT BILAN DAVOLASH

MEHNAT BILAN DAVOLASH — mehnatdan shifobaxsh omil sifatida foydalanish. Bemorning ruhiyatiga taʼsir etish usullaridan biri (ayniqsa, ru-hiy kasalxonalarda). Organizm tonusini oshirish, moddalar almashinuvi jarayonini normallashtirish vositasi boʻlib, tybbyyotning turli sohalarida shifobaxsh fizkultura va sport bilan bir qatorda tatbiq etiladi. Davolash muassasalarida bemor uzoq yotganda (mas, suyak va oʻpka sili, poliomiyelit oqibatlari) Mehnat bilan davolash b-n … Читать далее

METIONIN

METIONIN (Methioninum) — 2-ami-no-4-metiltiobutan kislota. Oʻziga xos qoʻlansa hidli, oq kristall modda. Almashtirib boʻlmaydigan aminokislota. Mol. m. 149,21. Sintez nuli bilan olingan. Biologik faol modda, hayvon va oʻsimliklar oqsilida ham bor. Suvda juda oz eriydi. Organizmda adrenalin, kreatin kabi moddalar sintezida ishtirok etadi, gormonlar, fermentlar, vitaminlar taʼsirini kuchaytiradi. Metionin yetishmaganda moddalar almashinuvi buzilib, jigarni yogʻ … Читать далее

MASSAJ

MASSAJ (arab. — qoʻl tegizmoq) — davolash usuli; tana yoki biror aʼzoga maxsus usulda taʼsir etish. Qoʻl bilan bajariladi, baʼzan asboblar ishlatiladi (vibromassaj). Massajning organizmga taʼsir mexanizmida nerv va gumoral omillar muhim rol oʻynaydi. Massaj taʼsirida terida biologik faol moddalar hosil boʻlib qonga tushadi, ular tomir reaksiyalarida, nerv impulslarini oʻtkazishda va b. da katnashadi. Massaj … Читать далее

MURAKKAB EFIRLAR

MURAKKAB EFIRLAR — organik birikmalar. Murakkab efirlarda uglevodorod radikali organik yoki anorganik kislotalar radikallari bilan kislorod atomi orqali bogʻlangan boʻladi. Murakkab efirlar tabiatda yogʻlar va vosklar sifatida uchraydi. Fosfat kislota efirlari inson va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvi jarayonlarida muxim rol oʻynaydi. Murakkab efirlarning aksarisi suvda erimay, organik erituvchilarda eriydi. Murakkab efirlardan mevalar hidi keladi. Asosan, … Читать далее

XOLETSISTIT

XOLETSISTIT (yun. chole oʻt va kystis — pufak) — oʻt pufaginyant yalligʻlanishi. Ovqat hazm qilish sistemasining keng tarqalgan kasalliklaridan biri. Koʻproq oʻrta va keksa yoshdagi ayollarda uchraydi. Aksariyat oʻtpgosh kasalligida kuzatiladi. Oʻt pufagi funksiyasining buzilishi (diskineziya), unda tosh paydo boʻlib, oʻt toʻxtab qolishi, ovqatlanish xususiyatiga bogʻliq holda oʻt tarkibining oʻzgarishi, kam harakatlanish, surunkali qabziyat, homiladorlik, … Читать далее

PAKANALIK

PAKANALIK, mittilik, nanizm — boʻyning haddan tashqari past boʻlishi. Asosan, endokrin sistema va irsiy nuqsonlar sabab boʻladi. Pakanalik shartli ravishda proporsional va noproporsional Pakanalikka boʻlinadi. Proporsional Pakanalikka gipofizar, tireogen, infantil (q. Infantilizm) va bosh miya kasalligi (ensefalit, istisqo) oqibatida kelib chiqqan Pakanalik kiradi. Gipofizning oldingi boʻlagi zararlanishi natijasida paydo boʻlgan gipofizar Pakanalikda aql-hush normal boʻlsa … Читать далее

OʻSMALAR

OʻSMALAR, blastomalar — organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi. Oʻsma hujayralari Oʻsmalarga sababchi omillar toʻxtagandan keyin ham koʻpayaveradi. Oʻsmalarni onkologiya fani oʻrganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) Oʻsmalar farq qilinadi. Xavfsiz Oʻsmalar atrofdagi toʻqimani itaradi, suradi, baʼzan siqib qoʻyadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli … Читать далее

KSEROFITLAR

KSEROFITLAR (yun. xeros — quruq, phyton — oʻsimlik) — quruq (suvsiz) yerdarda oʻsadigan oʻsimliklar. Qator belgi va xususiyatlari (q. Kseromorfizm) tufayli issiqlik va suvsizlikka chidamli oʻsimliklar. Kserofitlar ekologik va fiziologik xususiyatlariga koʻra bir necha guruhlarga boʻlinadi. Sukkulentlar — tanasida suv toʻplaydigan, protrplazmasining yopishqoqligi va hujayralarida koʻp miqdorda suv saqlanishi tufayli issiqqa chidamli, lekin suvsizlikka chidamsiz … Читать далее

TOSHMA

TOSHMA — teri va shilliq qavatlarga turli rangdagi dogʻ, tuguncha, pufakcha va b. toshishi. Teriga tashqi taʼsirotlar (mas., sovuq, issiq, kislota, ishqor) taʼsir etganda, baʼzi yuqumli kasalliklar (skarlatina, qizamiq, qizilcha, tif, zaxm va b.)da intoksikatsiya, moddalar almashinuvi buzilganda, meʼdaichak yoʻli, jigar, nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida, turli dorilar (antibiotiklar)ni qabul qilganda Toshma toshadi. Пост … Читать далее