MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

MORFIN

MORFIN — afyun (opiy)ning asosiy alkaloidi. Afyundan kimyoviy yoʻl b-n ajratib olinadi. Ogʻriq qoldiruvchi kuchli narkotik moddalar turkumiga kiradi. Tibbiyotda Morfinning gidroxlorid tuzi ishlatiladi. Morfin, asosan, markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadi: ogʻriq sezgisini kamaytiradi, nafas, yoʻtal va qusish markazlarini susaytiradi, adashgan hamda koʻzni harakatlantiruvchi nervlar markazini qoʻzgʻatadi. Uni bir necha bor qabul qilinganda kishi oʻrganib … Читать далее

MIOKARD INFARKTI

MIOKARD INFARKTI — yurak tomir kasalligi; koronar qon aylanishining buzilishi (arteriyalar aterosklerozi, trombozi, spazmi) natijasida yurak muskulida infarkt hosil boʻladi. Miokard infarktining rivojlanishiga gipertoniya kasalligi, kandli diabet, semirib ketish, kashandalik, kam harakat qilish, jismoniy va ruhiy zoʻriqish sabab boʻladi. Juda koʻp hollarda Miokard infarkti stenokardiya zaminida roʻy beradi. Miokard infarktining asosiy belgilaridan biri yurak muskulining … Читать далее

MIOKARDIODISTROFIYA

MIOKARDIODISTROFIYA (mio…, kardio… va distrofiya) , kardiomiopatiya — yurak muskuli (miokard) ning yalliglanmasdan, balki moddalar almashinuviiint buzilishi (biokimyoviy oʻzgarishlar) tufayli zararlanishi. Qon elektrolit tarkibining buzilishi, kislota-ishkrr muvozanatining oʻzgarishi va b. kasalliklar tufayli vujudga keladi. Miokardiodistrofiya yurak ishi yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin. Miokardiodistrofiyada miokardning qisqarish fa-oliyati susayadi, lekin unda morfologik oʻzgarishlar kuzatilmaydi. Miokardiodistrofiyaga ekzogen (zaharlanish, jismonan … Читать далее

PERIODONTIT

PERIODONTIT (peri… va yun. odontos — tish) , peritsementit — tish ildizi atrofidagi toʻqimalar (peri-odont) ning yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra, infeksion va noinfeksi-on boʻladi. Infeksion Periodontit koʻp uch-raydi. Infeksiya periodontga turli yoʻllar: ildiz kanali, ildiz milki, chirigan tish (kariyes) orqali tushadi. Noinfeksion Periodontit dori, kimyoviy moddalarning periodont yorigʻiga tushishi, periodontning mexanik shikastlanishi (zarb, qattiq narsalarni … Читать далее

PATRASHKIN Aleksandr Timofeyevich

PATRASHKIN Aleksandr Timofeyevich (1895.15.3, Sizran, Rossiya – 1975.14.7, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Qozon rassomlik bilim yurtini tugatgan (1915). Samarqand rassomlik bilim yurtida pedagog (1935— 40), Samarqand yosh tomoshabinlar teatrida bosh rassom (1941—45), Samarqand rus drama teatrida (1948—54), H. Olimjon no-midagi oʻzbek davlat musiqali drama teatrida (1955—68) rassom, bosh rassom. … Читать далее

PERIKARDIT

PERIKARDIT — perdikardning yalligʻlanishi. Odamda (hamma yoshdagi kishilarda) oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Perikardit koʻpincha revmatizm, shuningdek, oʻpkaning krupoz yalligʻlanishi, gripp, angina, sepsis kabi yuqumli kasalliklar tufayli roʻy beradi (infeksion Perikardit). Miokard infarkti, uremiya, koʻkrak jarohatlanganda ham Perikardit paydo boʻlishi mumkin (noinfeksion Perikardit). Surunkali Perikardit sil kasalligi oqibatida kelib chiqadi, koʻpincha plevra va qorin pardasining … Читать далее

PIYELONEFRIT

PIYELONEFRIT (yun. pyelos — jom va nephros — buyrak) — buyrak va buyrak jomining yalligʻlanishi (piyelit). P. mustaqil ravishda yoki siydik yurishini qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (prostata bezi adenomasi, siydik toshi kasalligi va b.) natijasida vujudga kelishi mumkin. Piyelonefrit turli infeksion kasalliklar oqibatida ham paydo boʻladi. Bolalarda koʻpincha gripp, zotiljam va nafas organlarining boshqa kasalliklari … Читать далее

MIALGIYA

MIALGIYA (yun. mys — muskul va algos — ogʻriq) — muskullardagi ogʻriq. U oʻtkir va kucheiz boʻlib, koʻpincha, boʻyin, koʻkrak qafasi, tana, bel, oyoq-qoʻl muskullarida kuzatiladi. Kasallik keskin harakat qilganda, sovuq kotganda, muskullar zoʻriqqanda, shikastlanishda va b. hollarda paydo boʻladi. Bemor harakatlanganda yoki ogʻir yuk koʻtarganda ogʻriq zoʻrayadi. Davosi Mialgiyaga sabab boʻlgan omilni aniqlash va … Читать далее

KAUZALGIYA

KAUZALGIYA (yun. kausus — achishuv, lovillashuv va algos — ogʻriq) — periferik nerv tolalari jarohatlanganda (xususan, oʻtkir narsa bilan qisman kesilgandan soʻng) chidab boʻlmaydigan darajada azob beruvchi ogʻriq. Ogʻriq zoʻridan kishi kechayu-kunduz tinim bilmaydi, jarohatlangan aʼzosini avaylab, oʻzini qoʻyarga joy topolmay bezovtalanadi. Oʻqtekkan jarohat (mas, quymich nervi va uning oyokdagi tarmoqlari, oʻrtalik nerv bilan tirsak … Читать далее