MIKROSEYSMALAR

MIKROSEYSMALAR (mikro… va seismos — tebranish, zilzila) — atmosfera bosimining oʻzgarishi va b. sabablar tufayli Yer sirtining sinusoida shaklda juda kichik oʻzgaruvchan amplituda bilan tebranishi. Mikroseysmalar tabiiy va sunʼiy, davriy va davriy boʻlmagan tebranishlardan iborat. Tabiiy Mikroseysmalarga dengiz, okean, dare suvlarining chayqalishi, atmosfera bosimining oʻzgarishi, kuchli shamol, doʻl, sel, toshqin va b. sabab bulishi mumkin. … Читать далее

MATERIK YON BAGʻRI

MATERIK YON BAGʻRI — okean tubining qirgʻoqqa yaqin qismi, materikning suv ostidagi chekka qismlarining asosiy elementlaridan biri. Shelf bilan materik etagi orasida joylashgan. Okean shelfi va qaʼriga qaraganda yon bagʻri xiyla tikligi (oʻrtacha 4°, koʻp hollarda 15—20° dan 40° gacha) va rel-yefning parchalanganligi bilan farq qiladi. Seysmik tadqiqotlar, dragalash va chuqur suv osti parmalashlari natijasida … Читать далее

PELAGIAL

PELAGIAL (yun. pelagos — dengiz) — dengiz, okean va koʻllarda suvning tirik organizmlar yashaydigan qatlami (suv tubidan boshlab suv yuzasigacha); bental (suv tubi) tushunchasining aksi. Pelagialda yashovchi organizmlar plankton, nekton (faol suzadigan organizmlar), neyston (suv yuzasida yashaydigan organizmlar) guruhlarga boʻlinadi. Dengiz va okeanlarda Pelagial qatlamni ham yashash sharoiti va organizm tarkibi boʻyicha bir necha zonaga … Читать далее

MEZOZOY BURMALANISHI DAVRLARI

MEZOZOY BURMALANISHI DAVRLARI — mezozoy erasi davrida namoyon boʻlgan tektonikmagmatik faollik, togʻ hosil boʻlish va granit intruzivli magmatizm davrlari. Mezozoyda dastlabki va yirik burmalanish trias oxiri va yura boshida sodir boʻlgan va Yevrosiyoning gʻarbida erta kimmeriy va sharqida hindchin (indosin) nomlari bilan maʼlum. Erta kimmeriy-hindchin deformatsiyalari katta maydonni (Hindixitoy, Eron togʻligining shim.-sharqi, Mangʻishloq va Taymir … Читать далее

PERU OQIMI

PERU OQIMI, Gumboldt oqimi — Tinch okeandagi sovuq yuza oqim. Gʻarbiy Shamollar oqimining tarmogʻi. Suv t-rasi 15—20°, oqim tezligi 0,9 km/ soat. Suv sarfi 10—20 mln. m3/sek. 45° va 4° j. k. lar oraligʻida Peru va Chilining gʻarbiy qirgʻoklari boʻylab jan. dan shimolga tomon oqadi. Baʼzi mualliflar sohil boʻyi va okean okimlarini hamda Jan. Peruchili … Читать далее

MARKAZIY AMERIKA

MARKAZIY AMERIKA — Shim. Amerikaning jan. qismi. Meksika togʻligining jan. etagidagi Balsas botigʻidan Daryen boʻynigacha davom etgan (baʼzan Markaziy Amerikaning chegarasini Teuantepek va Panama boʻyinlari orqali oʻtkazadilar). Uz. 2400 km. Eni Panama boʻynida 48 km. Yukatan ya. o. da 960 km. Gʻarbdan Tinch okean, shim. va sharkdan Meksika qoʻltigʻi va Karib dengizi bilan oʻralgan. Markaziy … Читать далее

MANGʻISHLOQ VILOYATI

MANGʻISHLOQ VILOYATI, (qozoqcha Manqistov) — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1973-y. 20-martda Guryev (hoz. Aterov) viloyatidan ajralib chiqqan. Mayd. 165,6 ming km2. Aholisi 350 ming kishi (1999); asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, turkman, oʻzbek va b. millat vakillari ham yashaydi. Markazi—Oqtov sh. M. v. Qozogʻistonningjan.-gʻarbida. Relyefi xilma-xil. Oʻrtacha balandlikdagi togʻ, qirlar, keng tekisliklar va okean sathidan … Читать далее

MINERAL

MINERAL (frans. mineral — ruda) — Yer (va b. kosmik jismlar)ning sirti va ichida fizikkimyoviy jarayonlar natijasida hosil boʻlib, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari bir biriga oʻxshash boʻlgan tabiiy jism; asosan, togʻ jinslari, ruda va meteoritlarning tarkibiy qismi. Mineral aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda suyuq Mineral ham (mas, tugma simob) uchraydi. Suvning Mineralga mansubligi baxsli, … Читать далее

MUTLAQ BALANDLIK

MUTLAQ BALANDLIK (altituda) – Yer yuzasida muayyan nuqtaning dengiz yoki okean suvlarining oʻrtacha satxidan boshlab ulchangan tik balandligi (m larda ulchanadi). Bu balandlikni ifodalovchi songa belgi deyiladi. Okean satxdsan balanddagi nuqtalar belgisi musbat ishora (+), pastdagi manfiy ishora (—) bilan belgilanadi. Mas, Jomolungma chuqqisining Mutlaq balandliki 8848 m, Qoragiyo — 132 m (Mangʻishloq platosida; Qozogʻiston), … Читать далее

PLANKTON

PLANKTON (lot. planktos — sayr qiluvchi) — suv qatlamida yashab, suv oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui. Plankton tarkibiga oʻsimliklar (fitoplankton), bakteriyalar (bakte-rioplankton), hayvonlar (zooplankton) kiradi. Qoʻl P. i limnoplankton, dare Planktoni potamoplankton deb ataladi. Fitoplankton suvning fotosintez qilish uchun zarur yuqori (50—100 m gacha) katlamida, bakterio – va zooplankton suvning barcha katlamida uchraydi. Dengiz fitoplaktoni, … Читать далее