MOʻYNOQ TUMANI

MOʻYNOQ TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasining shim. dagi tuman. 1931-y. 19 sent. da tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining jan. dagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Krzogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 37,94 ming km2. Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fukarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Moʻynoq) … Читать далее

MOʻYNOQ

MOʻYNOQ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoqtumanidagi shahar (1963-y. 27-iyuldan). Tuman markazi. Qoraqal-pogʻistonning eng shim. shahri. Orol dengizining suvi chekinmasdan avval dengizning jan.-gʻarbiy soqilida joylashgan edi. Nukus sh. dan 180 km shim-. da, yaqin t. y. stansiyasi — Qoʻngʻirot (100 km). Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7,4°, iyulniki 26,3°. Kuchli shamollar boʻlib turadi. Aholisi 13,6 ming kishi (2000). … Читать далее

MARINA

MARINA (frans. marine, ital. marina — dengiz) — dengiz koʻrinishini aks ettiradigan manzara turi. Mustaqil rangtasvir turi sifatida 17-a. Yevropa sanʼatida ajralib turadi. Dengiz, dengiz hayotidagi muhim tarixiy voqealar, harbiy kemalar tafsilotini aynan tasvirlashda dengiz bezak sifatida xizmat qiladi. Golland marinachilari Marina imkoniyatlarini kengaytirib, dengiz tabiati va u bilan bogʻliq baliqchilar hayotini haqqoniy aks ettirdilar … Читать далее

MADREIMOV Poʻlat Shamshetovich

MADREIMOV Poʻlat Shamshetovich (1942.15.1, Qoraqalpogʻiston, Chimboy sh.) — baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1965). 1965 — 70 y. lar Qoraqalpoq teatrida baletmeyster, 1970—74 y. lar Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida, ayni vaqtda 1970-y. dan «Oyqulash» ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar. Raqslarida qoraqalpoq xalqining hayoti va urf-odatlari, tarixini xalq oʻyinlari va marosimlaridan … Читать далее

MEKSIKA

MEKSIKA (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko sh. Maʼmuriy jixatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Meksika — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-y. 5 fev. dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, … Читать далее

MASSAGETLAR

MASSAGETLAR (yun. Massagetai) — Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida mil. av. 8 — 4-a. larda yashagan koʻchmanchi va b. qabilalar guruhining yunon adabiyetlarida uchraydigan umumlashma nomi. Massagetlar toʻgʻrisida fanda turli xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlar fikricha, «Massagetlar» nomi «masyo» — «baliq» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, «baliqxoʻrlar» maʼnosini anglatgan. … Читать далее

MATYOQUBOVA

MATYOQUBOVA Gavhar (1948.18.10, Xorazm) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalqartisti (2000). Urganch sh. musiqa bilim yurtini (1975), Toshkent untini tugatgan (1980). 1962—75 y. lar K. Otaniyozov rahbarligidagi Xorazm ashula va raqs ansambli, 1975—91 y. lar K. Otaniyozov nomidagi Xorazm davlat filarmoniyasi raqqosasi, 1991— 98 y. lar Xorazm madaniyat boshqarmasi qoshidagi xalq ijodiyoti boʻlim boshligʻi, 1998-y. dan … Читать далее

MALIKSHOH

MALIKSHOH, Abulfath Jaloliddin (1055—1092) — saljuqiylar sultoni (1072—92). Malikshoh 1072-y. otasi Alp Arslon oʻrniga taxtga oʻtirgan va davlatni vazir Nizomulmulknit kuchli taʼsiri ostida boshqargan. Nizomulmulk uning otasi davrida ham vazir boʻlib, yosh Malikshohga murabbiylik ham qilgan, Malikshoh uni oʻz homiysi — otabek deb atagan. Malikshoh otasi kabi iqtidorli sarkarda boʻlgan. Uning hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati … Читать далее

KATTEGAT

KATTEGAT — Boltiq va Shim. dengizlarni bogʻlab turuvchi boʻgʻozlardan biri. Yutlandiya ya. o. ning sharqiy sohillari bilan Skandinaviya ya. o. oraligʻida. Uz. 270 km, eni 60—122 km, chuq. 17—30 m, shim. qismida 124 m gacha. Baʼzan sohilga yaqin qismi muzlaydi. Markaziy qismida 2 ta orol (Anxolt va Lese) bor. Baliq ovlanadi. Asosiy porti — Gyoteborg … Читать далее

MARJON DENGIZI

MARJON DENGIZI — Tinch okeandagi yarim yopiq dengiz. Avstraliyaning shim.-sharqiy qirgʻogʻi, Yangi Gvineya, Yangi Kaledoniya o. lari oraligʻida, shim.gʻarbda Torres boʻgʻozi orqali Hind okeani bilan tutashgan. Mayd. 4068 ming km2. Oʻrtacha chuq. 2394 m, eng chuqur joyi 9174 m. Dengizda marjon riflari (jumladan, Katta Toʻsiq rifi) va orol koʻp. Kema yurishi juda xavfli. Tubining relyefi … Читать далее