MEN

MEN — AQSHning shim.-sharqiy qismidagi shtat, Atlantika okeani sohili shim. da. Yangi Angliyada, Kanada chegarasiga yaqin. Mayd. 86,1 ming km2. Aholisi 1,3 mln. kishi (2002), shuning 45% dan ortigʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Ogasta sh. ; eng yirik shaxri va porti — Portlend. M. hududining aksari qismi Appalachi togʻlari bilan band (eng baland joyi … Читать далее

MARGʻILON

MARGʻILON — Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining jan. qismida, Oloy togʻlari etagida joylashgan. Fargʻona sh. dan 10—12 km shim. da, 475 m balandlikda. Yaqin t. i. stansiyasi — Margʻilon (4 km). Iyulning oʻrtacha t-rasi 25—26°, yanv. niki —3,5°. M. ning jan. chekkasidan Jan. Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,2 ming kishi … Читать далее

MOZAMBIK

MOZAMBIK (Mocambique), Mozambik Respublikasi (Republica de Mozambique) — Afrikaning jan,sharqiy sohilidagi davlat. Mayd. 801,6 ming km2. Aholisi 19,4 mln. kishi (2001). Poytaxti — Maputu sh. Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (provincia) ra boʻlinadi. Maputu sh. ham viloyat maqomiga ega. Davlat tuzumi. Mozambik — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1990-y. 30 noyab. da qabul qilingan konstitutsiya … Читать далее

POLVONTOSH

POLVONTOSH — Andijon viloyati Marhamat tuman idagi shaharcha (1947-y. dan). Adirlar oʻrtasida joylashgan. Viloyat markazidan 30 km, tuman mar-kazidan 17 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Asaka (15 km). Aholisi 6,7 ming kishidan ziyod (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qirgʻiz, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Polvontosh 1940-y. da neft koni ochilishi munosabati … Читать далее

MOGILYOV

MOGILYOV — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan «Strommashina», «Elektrodvigatel», metall konstruksiyalar, lift z-dlari), kimyo («Lavsan» sintetik … Читать далее

SAXTIYON

SAXTIYON — echki va qoʻy terisini oʻsimlik moylari bilan oshlab olinadi gan charm; yupqa, yumshoq, odatda, yorqin ranglarga boʻyaladi. Mebellarga qoplash, poyabzal tikish, attorlik buyumlari va b. tayyorlashda ishlatiladi. Пост Навигацияси

PUENT-NUAR

PUENT-NUAR — Kongo Respublika-sidagi shahar. Aholisi 576,2 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning Atlantika okeani sohilidagi eng muhim tashqi savdo porti (chetga marganes rudalari chiqariladi), portdan qisman Gabon, Chad va Markaziy Afrika Respublikasi ham foydalanadi. Aeroporti xalk,-aro ahamiyatga ega. Taxta tilish va faner z-dlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, poyabzal f-kasi, neftni qayta ishlash … Читать далее

XLORID

XLORID KISLOTA, NS1 bir asos li kuchli kislota; vodorod xloridning suvdagi eritmasi. Rangsiz tiniq suyuklik, vodorod xlorid hidi keladi; X. k. ning maksimal konsentratsiyasi 36% dan oshmaydi; bunday konsentratsiyadagi eritmaning zichligi 1180 kg/m3, u havoda tutaydi. 16-a. ning oxirida Xlorid osh tuzini temir kuporosi bilan qizdirib olingan. 17-a. oʻrtalarida nemis kimyogari I. Glauber NaCl ga … Читать далее

PARUSINA

PARUSINA (rus. parus — yelkan) — zigʻir tolali yoki yarim zigʻir tolali qalin va zalvor mato. Yoʻgʻon kalava ipdan polotno oʻrilishda toʻqiladi (q. Oʻrilish). Dastlab, asosan, yelkanlar tayyorlash uchun ishlatilgan (nomi shundan). Hozir texnik maqsadlarda (yelkan, brezent, poyabzal va b. uchun), ish kiyimlari, maxsus kiyim-boshlar tikish uchun ishlatiladi. Пост Навигацияси

OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (OʻzSSR), Oʻzbekiston SSR — Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida tashkil topgan va SSSR tarkibiga kirgan milliy respublika (1925—91). Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalk Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashgan. Mayd. 447 400 km2. … Читать далее