MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

MONOFAGLAR

MONOFAGLAR (mono… va yun. phagos — yeb qoʻyuvchi) — oziklanishga oʻta ixtisoslashgan, yaʼni faqat bir tur ozuqa bilan yashashga moslashgan organizmlar. Hasharotlar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va yumshoq tanlilar orasida Monofaglar koʻp uchraydi. Hasharotlardan yaydoqchi afelinus (Aphelinus mali Hald.) faqat qon bitlarida, psevdafikus (Pseudaphycus malinus Gah.) esa komstok qurtida parazitlik qiladi. Sugʻorma dehqonchilik biotsenozida uchraydigan zararkunandalar sonini … Читать далее

MOMIQ PAXTA

MOMIQ PAXTA — xar xil yoʻnalishda tartibsiz ravishda kuchsizgina birikkan kalta tolalardan iborat mayin paxta. Asosan, tolasi ajratib olingan chigitlar sirtida qoladigan kalta tola (lint) dan tayyorlanadi. Momiq paxta tayyorlash uchun xom ashyo (kalta tolalar) xar xil aralashmalardan tozalanadi va titishsavash agregatida titilib va savalab mayinʻ massaga aylantiriladi. Maxsus ishlov berilib (kimyoviy moddalar bilan kaynatilib) … Читать далее

MIOKARD INFARKTI

MIOKARD INFARKTI — yurak tomir kasalligi; koronar qon aylanishining buzilishi (arteriyalar aterosklerozi, trombozi, spazmi) natijasida yurak muskulida infarkt hosil boʻladi. Miokard infarktining rivojlanishiga gipertoniya kasalligi, kandli diabet, semirib ketish, kashandalik, kam harakat qilish, jismoniy va ruhiy zoʻriqish sabab boʻladi. Juda koʻp hollarda Miokard infarkti stenokardiya zaminida roʻy beradi. Miokard infarktining asosiy belgilaridan biri yurak muskulining … Читать далее

MIOKARDIODISTROFIYA

MIOKARDIODISTROFIYA (mio…, kardio… va distrofiya) , kardiomiopatiya — yurak muskuli (miokard) ning yalliglanmasdan, balki moddalar almashinuviiint buzilishi (biokimyoviy oʻzgarishlar) tufayli zararlanishi. Qon elektrolit tarkibining buzilishi, kislota-ishkrr muvozanatining oʻzgarishi va b. kasalliklar tufayli vujudga keladi. Miokardiodistrofiya yurak ishi yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin. Miokardiodistrofiyada miokardning qisqarish fa-oliyati susayadi, lekin unda morfologik oʻzgarishlar kuzatilmaydi. Miokardiodistrofiyaga ekzogen (zaharlanish, jismonan … Читать далее

METASTAZ

METASTAZ (yun. metastasis — koʻchish, joyni oʻzgartirish) — kasallik qoʻzgʻatuvchisi (bakteriyalar, oʻsma hujayralari va b.)ning boshlangʻich oʻchoqdan organizmning boshqa aʼzolariga qon yoki limfa orqali oʻtishi natijasida vujudga keladigan ikkilamchi patologik manba (ikkilamchi kasallik oʻchogʻi). Qon yoki limfa oqimiga oʻtgan bakteriyalar biror aʼzoda va limfa yoʻllari orqali tarqalib, yangi oʻsma tugunlarini hosil qiladi («M.» termini, asosan, … Читать далее

MINOGALAR

MINOGALAR (Petromyzoniformes) — toʻgarak ogizlilar sinfiga mansub umurtqali hayvonlar turkumi (boshqa sistemaga koʻra, kenja sinfi). Gavdasining uz. 15—100 sm, vazni 3 kg gacha, skeleti togʻaydan iborat. Burun teshigi bitta, boshining yuqori qismida joylashgan, halqumi bilan tutashmagan. Orka suzgichlari 1 yoki 2 ta. Jabra teshiklari tanasi ikki yonida 7 tadan joylashgan. Voronkasimon ogʻzini teri disk oʻrab … Читать далее

MONOTSITLAR

MONOTSITLAR (mono… va yun. kytos — hujayra) — donasiz leykotsitlar (agranulotsitlar)ning bir turi. Koʻmikning boshlangʻich oʻzak hujayralaridan hosil boʻladi. Monotsitlar periferik qon tarkibidagi eng katta hujayra, uning hajmi 12—20 mkm. Yadrosi protoplazmaga nisbatan katta, ovalsimon, koʻpincha «taqa» koʻrinishida, rangi (neytrofil leykotsitlar va limfotsit larnikiga nisbatan) ochroq; proto-plazmasi leykotsitlarning zangori, och koʻk rangiga qaraganda och. Protoplazmada … Читать далее

PAVLOVA Olga Nikolayevna

PAVLOVA Olga Nikolayevna (1895, Margʻilon — 1982.16.3, Toshkent) — terapevt olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1950). Tibbiyot fanlari dri (1945), prof. (1948). Oʻrta Osiyo un-tining tibbiyot f-tini tugatgach (1923), shu f-t (keyinchalik ToshTI) terapiya klinikasining ordinatori (1924—26), assistenti (1927—39), dotsenti (1939—48), gospital terapiya va kasb kasalliklari kafedrasi mudiri (1946—1966), 1966-y. dan gospital terapiya klinikasi … Читать далее

MING BIR KECHA

«MING BIR KECHA» (arab. «Alif layla va layla») — oʻrta asr arab adabiyoti yodgorligi. Asosan, 15-a. da arab tilida tarkib topgan ertaklar toʻplami (qoʻlyozmalari 17—19-a. larga mansub). Asarning yaratilish tarixi, qaysi xalqning adabiy merosi ekanligi haqida turli fikr-mulohazalar mavjud. Tadqiqotchilarning xulosalariga koʻra, «Ming bir kecha» toʻplamidagi ertak va hikoyatlarni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: qad. … Читать далее