SELDSIMONLAR

SELDSIMONLAR (Clupeiformes) suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi, odatda, 5—75 sm, faqat doraba baligʻi —3,7 m, vazni (dorabadan tashqari) — 4 kg gacha. Jabra nurlari 5—20 ta. Suzgich pufagi ochiq, uning oʻsimtalari eshitish kapsulasi ichiga kiradi. Suzgichlari tikansiz. Orqa suzgichi bitta. Qorin suzgichlari 6—8 nurli. Tangachalari sikloidsimon. Yon chiziqlari boʻlmaydi, ammo jabra qopqogʻida sensor naylari yaxshi rivojlangan. … Читать далее

BOREALATLANTIKA OBLASTI

BOREALATLANTIKA OBLASTI — Dunyo okeani zoogeografiya oblastlaridan biri. Arktikaning jan. va Atlantika okeanining shim. qismini egallagan. Borealatlantika Oblastining Arktika oblasti b-n chegarasi shim. da Nyufaundlendning sharqiy sohillaridan Islandiyagacha, undan Barens dengizining Markaziy qismigacha boradi. Jan. da Borealatlantika Oblastining shartli chegarasi Delaver koʻrfazidan Ispaniyaning shim. qirgʻoqlarigacha boʻlgan chiziq boʻylab oʻtadi. Bu oblast fizikgeografik xususiyatlariga binoan BorealPatsifik … Читать далее