POLIGONOMETRIYA

POLIGONOMETRIYA (yun. polygonos — koʻpburchakli va…metriya) — Yer sir-tidagi nuqtalarning oʻzaro vaziyatini aniqlash usullaridan biri. Serdaraxt va koʻp binoli joylarda triangulyatsiya oʻrniga qoʻllaniladi. Geodezik tayanch shoxobchalarini (q. Geodezik punkt) yasashda qoʻl keladi. Poligonometrik tarmoklar va yurishlarning anikdigi hamda navbatiga qarab, Poligonometriya triangulyatsiya talablariga javob beradigan 4 sinfga boʻlinadi. Geodezik tayanch shoxobchalari yordamida topografik syomkalardagi tayanch … Читать далее

MOʻYNOQ TUMANI

MOʻYNOQ TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasining shim. dagi tuman. 1931-y. 19 sent. da tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining jan. dagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Krzogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 37,94 ming km2. Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fukarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Moʻynoq) … Читать далее

PISKENT

PISKENT — Toshkent viloyati Piskent tumanidagi shahar (1966-y. dan), Tuman markazi. 1952-y. gacha qishloq. Ohangaron daryosining oʻng sohilida. Yaqin t. y. stansiyasi — Toʻytepa (14 km). Viloyat markazi (Toshkent sh.)dan 41 km. Aholisi 31,4 ming kishiga yaqin (2003). Piskent (Biskat) — Toshkent vohasining engqad. shaharlaridan biri. 10-a. geograflarining maʼlumotlarida u Iloq davlati tarkibiga kirgan. V. … Читать далее

PIRMUHAMMAD

PIRMUHAMMAD Mirzo (1376 — 1407.22.2) — temuriy shahzoda. Amir Temurning nabirasi, Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli. Otasining oʻli-midan 40 kun oʻtgach, Baxt Mulk Ogʻo begimdan tugʻilgan. 1392-y. da Amir Te-mur Gʻazna, Kobul, Zobuliston, Qan-dahor viloyati va Sind, daryosigacha boʻlgan yerlarni Pirmuhammad tasarrufiga topshirgan edi. U bobosi Amir Temurning bir necha harbiy yurishlarida, jumladan, Hindiston fathida qatnashgan. … Читать далее

MURMANSK

MURMANSK (1917-y. gacha Romanov na Murmane) — RF Murmansk viloyatidagi qahramon shahar (1985), Murmansk viloyati markazi, Barens dengizining Kola qoʻltigʻi sohilidagi muzlamaydigan port. T. y. stansiyasi. Aholisi 388,3 ming kishi (1998). Sanoatining asosiy tarmoqlari — baliq ovlash va baliqni qayta ishlash, kema tuzatish, qurilish materiallari i. ch. M. da t-ral, seld ovlash va qabul-transport flotlari … Читать далее

MUNCHOQTEPA YODGORLIKLARI

MUNCHOQTEPA YODGORLIKLARI — qad. arxeologik yodgorliklar majmuasi. Namangan viloyati, Pop sh. dan 2 km jan. da, Sirdaryo boʻyida joylashgan. Munchoqtepa, Balandtepa, Temirqasmoqtepalardan iborat. Arxeologik qazishmalarga koʻra, Balandtepa (1—8-a), Temirqasmoqtepa shahar xarobalari, Munchoqtepa esa shahar qabristoni (1—8-a.) hisoblanadi. Munchoqtepa yodgorliklari guruhida 1988-y. jahonshumul ahamiyatga molik arxeologik kashfiyot qilindi. Munchoqtepa I yodgorligida yakka tartibdagi qabrlar, Munchoqtepa II … Читать далее

MIR ARAB MADRASASI

MIR ARAB MADRASASI — 1) Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xoni mumtoz shoir Ubaydullaxon inʼom etgan mablagʻ hisobiga Shayx Abdulla tomonidan qurilgan (1530—36). Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh. Amir 22 yoshida Samarqandga kelib Xoja Ahrorga shogird tushgan. Turkistonning Sabron (Savron)ida 2 koriz (yer osti arigʻi) qazdirgan, suv chiqargan, qalʼa bino etib, Shofirkon, Vobkent, Gʻijduvonda koʻp … Читать далее

MUHAMMAD AMINXON MADRASASI

MUHAMMAD AMINXON MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1852—55). Muhammad Aminxon qurdirgan. Ichan qalʼaning gʻarbiy qismida joylashgan. Madrasa ikki qavatli. Birinchi qavatidagi hujralar dahlizli, ikkinchi qavatdagilar ayvonli. Bu uslub Xiva madrasalari meʼmorligida ilk bor shu binoda qoʻllanilgan. Ayvonlarning qurilishi sodda, hovlining umumiy meʼmorligiga moye. Ikki qavatli ayvonlardagi qanoslar va qarama-qarshi qoʻyilgan peshtoqlar sirkor parchinlar bilan naqshlangan. … Читать далее

MAGDEBURG

MAGDEBURG — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 239,4 ming kishi (1998). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni, Elba daryosidagi port. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-transport markazlaridan. Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi. Magdeburgda umumiy mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar i. ch., q. x. mashinasozligi, priborsozlik, daryo kemasozligi rivojlangan. Shuningdek, kimyo, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, … Читать далее

MOʻYNOQ

MOʻYNOQ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoqtumanidagi shahar (1963-y. 27-iyuldan). Tuman markazi. Qoraqal-pogʻistonning eng shim. shahri. Orol dengizining suvi chekinmasdan avval dengizning jan.-gʻarbiy soqilida joylashgan edi. Nukus sh. dan 180 km shim-. da, yaqin t. y. stansiyasi — Qoʻngʻirot (100 km). Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7,4°, iyulniki 26,3°. Kuchli shamollar boʻlib turadi. Aholisi 13,6 ming kishi (2000). … Читать далее