MILL Jon Styuart

MILL Jon Styuart (1806.20.5, London — 1873.8.5, Avinyon) — ingliz faylasufi, iqtisodchi va jamoat arbobi. Ost-Indiya kompaniyasida (1823—58) xizmat qilgan. 1865—68 y. larda parlament aʼzosi . Liberal va demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan. Millning dunyoqarashi D. Rikardo, I. Bentam, J. Berkli, D. Yum va b. ning falsafiy, iqtisodiy nazariyalari taʼsirida shakllangan. U murosali siyosat va davlatning iqtisodiyotga … Читать далее

MEʼYORIY NAFLILIK NAZARIYASI

MEʼYORIY NAFLILIK NAZARIYASI, qoʻshimcha naflilik nazariyasi — isteʼmolchilarning bozordagi feʼlatvori, harakati, talabning shakllanishi, talab va taklif chizmasida talab egri chizigʻi holati qonunlarini izohlab beradigan nazariya. Qisqarib boradigan qoʻshimcha naflilik qonuniga muvofiq, isteʼmolda neʼmatlar miqdorining oʻsib borishiga qarab neʼmatning har bir qoʻshimcha birligidan olinadigan eng koʻp qoʻshimcha naf qisqarib boradi, bu esa talab egri chizigʻining salbiy … Читать далее

MARKETING XIZMATLARI

MARKETING XIZMATLARI — maxsus tayyorgarlik koʻrgan marketologlar guruhi, uyushmasi, boʻlimi va boshqarmasining faoliyat majmui. Marketing xizmatlari isteʼmolchilarga xizmat qiladi va ularning manfaatlarini koʻzlab ish yuritadi. Xoʻjalik koʻrsatkichlarini yaxshilash; korxonaning yuqori foyda olish yoʻllarini topish; bozorlar sigʻimi va imkoniyatlarini tahlil qilish; talab va taklif muvozanati, baho, solik/iap tizimi va bozor ele-mentlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish, tovarlarni takomillashtirish, … Читать далее

KEMBRIJ MAKTABI

KEMBRIJ MAKTABI — iqtisodiy nazariyada 19-a. oxirida paydo boʻlgan yoʻnalishlardan biri. Asoschisi Kembrij unti siyosiy iqtisod kafedrasiga 1885—1908-y. larda rahbarlik qilgan Kembrij maktabi Marshall. K. m. ning asosiy qarashlari A. Marshallning «Ekonomiks prinsiplari» (1890) asarida bayon etilgan. Kembrij maktabi gʻoyalari keyinchalik Marshallning izdoshlari A. S. Pigu va D. X. Robertson hamda neoklassik yoʻnalish namoyandalari tomonidan … Читать далее

TALAB VA TAKLIF

TALAB VA TAKLIF — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi mik,doridir. Tovarlar dunyosidagi xilmaxillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Mac, oziqovqat tovarlari, … Читать далее

EKONOMETRIYA

EKONOMETRIYA (yun. uy xoʻjaligini yuritish sanʼati va …metriya) , ekonometrika — iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, iqtisodiy axborotlarga ishlov berishning matematik va iqtisodiystatistik usullarini va modellarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan shugʻullanadigan fan; E. iktisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy qonuniyatlari va oʻzaro aloqalarini matematik va statistik usullar, modellar yordamida oʻrganadi. Ekonometriyada qoʻllaniladigan modellar yordami bilan … Читать далее

TALAS

TALAS — Qirgʻizistondagi shahar (1944-y. dan). Talas viloyati markazi. Talas daryosi vodiysida, dare boʻyida. Taroz t. y. stansiyasidan 90 km. 1280 m balandlikda. Taroz t. y. stansiyasi va Bishkek bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 32,6 ming kishi (1999). Yogʻmoy zdi, non kti, pivo zdi, qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik fkasi, Bishkek poyabzal ishlab chiqarish. birlashmasi … Читать далее

NODAVLAT SEKTORI

NODAVLAT SEKTORI — milliy iqtisodiyotning davlat tasarrufida boʻlmagan sohalari. Nodavlat sektori Gʻarb mamlakatlarida privat, yaʼni xususiy sektor deb yuritiladi. Oʻzbekistonda xususiy korxonalar, qoʻshma korxonalar, shirkatlar, kooperativlar, xoʻjalik uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari Nodavlat sektoriga ki-ritilgan. U xususiy mulkning ustuvorligi bilan ajralib turadi va uning milliy iqtisodiyotdagi hissasi turli mamlakatlarda turlicha. Nodavlat sektori korxonalari, … Читать далее

NARX SHAKLLANISHI

NARX SHAKLLANISHI — tovarlar va xizmatlarga belgilangan yaarsning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — N. sh. ga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va … Читать далее

NEOKLASSIK IKTISODIY NAZARIYA

NEOKLASSIK IKTISODIY NAZARIYA — iqtisodiy nazariyada marjinalizm gʻoyalari anʼanalarini davom ettirgan yetakchi yoʻnalish. Bu nazariyaning eng mashqur vakillari A. Marshall (Buyuk Britaniya), L. Valras (Shveysariya), J. Klark (AKD1), K. Viksel (Shvetsiya), A. Pareto (Italiya), P. Samuelson, K. Errou (AKD1) va b. Hozir jaqondagi iqtisodchilarning aksari-yat qismi Neoklassik iktisodiy nazariya tarafdorlaridir. Mazkur nazariya marjinalistik ta-moyillar asosida … Читать далее