MERINOSLAR

MERINOSLAR (isp. merinos) — jun qoplami bir xil mayin junli qoʻy zotlari. Vatani — Gʻarbiy Osiyo. M. bu yerda mil. av. 2—3 ming yilliklardan boqiladi, keyin Oʻrta dengiz mamlakatlariga, 18-a. oʻrtalaridan esa Gʻarbiy Yevropa, Shim. Amerika va Avstraliyada, 19-a. va 20-a. boshlarida Rossi-yada tarqalgan. Turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladigan infantado, negretti, rambulye, mazayev, yangi Kavkaz … Читать далее

MOMIQ PAXTA

MOMIQ PAXTA — xar xil yoʻnalishda tartibsiz ravishda kuchsizgina birikkan kalta tolalardan iborat mayin paxta. Asosan, tolasi ajratib olingan chigitlar sirtida qoladigan kalta tola (lint) dan tayyorlanadi. Momiq paxta tayyorlash uchun xom ashyo (kalta tolalar) xar xil aralashmalardan tozalanadi va titishsavash agregatida titilib va savalab mayinʻ massaga aylantiriladi. Maxsus ishlov berilib (kimyoviy moddalar bilan kaynatilib) … Читать далее

MANJANIQ

MANJANIQ — toshotar harbiy qurilma. Eshilgan pay, tola yoki junning egiluvchanlik kuchi ostida harakatga keltirilgan. Qad. Yunoniston va Rimda katapulta nomi bilan yuritilgan. Asosan, qalʼa va qoʻrgʻonlarni qamal qilishda qoʻllanilgan. Manjaniq yordamida qamaldagilarga qarata tosh yadrolar irgʻitilgan. Tosh topilmagan kezlarda turli daraxtlardan tayyorlangan gʻoʻla va kundalardan foydalanilgan. Xususan, moʻgʻul bosqinchilari Urganchni 7 oy davomida qamal … Читать далее

PAXTA

PAXTA, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) aj-ratib olinadi. Shuning uchun butun du-nyoda Paxta tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻlla-niladigan lint (momiq) … Читать далее

MATANSAS

MATANSAS — Kubadagi shahar. Matansas provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 125 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Atlantika okeanining Matansas buxtasidagi port (chetga shakarqand chiqariladi). Kimyo (jumladan, oltin-gugurt kislotasi, oʻgʻitlar, sunʼiy tola i. ch.), tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Arxeologiya muzeyi, shahar yaqinida Belyamar karst gʻori bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1693-y. … Читать далее

MINSK VILOYATI

MINSK VILOYATI — Belorussiya ning markaziy qismidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tuzilgan. Mayd. 40,8 ming km2. Aholisi 3301 ming kishi (1998). AsoSan beloruslar, shuningdek, rus, polyak, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Yer yuzasi sertepa, morenali qirlar, tekislik va pasttekislikdan iborat. Foydali kazilmalardan: kaliy va tosh tuzlari, torf, boʻr, mergel, qum, shagʻal, gil … Читать далее

PAXTA TOZALASH SANOATI

PAXTA TOZALASH SANOATI — yengil sanoatiing paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmogʻi. Mazkur tarmoq toʻqimachilik, yogʻmoy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit P. t. ye. ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874-y. da qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyo-siga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoati … Читать далее

PAXTAJIN KB AKSIYADORLIK JAMIYATI

«PAXTAJIN KB» AKSIYADORLIK JAMIYATI — paxta xom ashyosi, jun va bugdoyni dastlabki qayta ishlash majmualari va uskunalarini loyihalash va i. ch. boʻyicha konstruktorlik byurosi. «Oʻzmashsanoat» uyushmasi tarkibida. 1953—94 y. larda paxta tozalash boʻyicha Toshkent Davlat maxsus konstruktorlik byurosi, 1994—2001-y. larda paxta tozalash boʻyicha maxsus konstruktorlik byurosi deb nomlangan. 2003-y. dan hoz. nomda. Toshkent sh. da … Читать далее

PAXTA TOLASI

PAXTA TOLASI — chigit qobigʻida yetiladigan ingichka, uzun, silliq va pishiqtabiiy tola. Asosan, paxta sellyulozasidan iborat. Paxta tozalash korxonalarida chigitdan ajratib olinadi. Ip va toʻqimachilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Paxta tolasi dan, asosan, toʻqimachilik sanoatida turli ip gazlama (satin, batist, zefir, toʻr, poplin va h. k.), trikotaj va b. ishlab chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Undan aviatsiya, … Читать далее

KUZGI SOʻLISH

KUZGI SOʻLISH — ekinlarda uchraydigan noinfeksion kasallik. Kasallikning oʻziga xos xususiyati ekinning egilib qolishi va tezkorlik (2—3 kun) b-n oʻtishidir. Kasallik asosiy hosilni toʻplash davriga toʻgʻri keladi. Mas, gʻoʻzada kasallangan oʻsimlikning bargi qizgʻish tusga kiradi, biroq dogʻlar hosil boʻlmaydi, poyasi va ildizining koʻndalang kesimi sogʻlom oʻsimliknikidan farq qilmaydi, poyaning oʻtkazuvchi vay qismida vilt kasaligiga xos … Читать далее