MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

KOLYURIYA

KOLYURIYA (coluria) — raʼnodoshlar oilasiga mansub ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Yoʻgʻon ildizpoya hosil qilib oʻsadi. Ildiz boʻgʻzi barglari bandli, poyadagilari bandsiz, mayda. Guli sariq, yakka yoki toʻpgul. Mevasi koʻp yongʻoqli. Jan. Sibir, Shim. Moʻgʻuliston va Xitoyda 5—7 turi bor. Oltoy, Sharqiy Qozogʻiston, Krasnoyarsk ulkasining jan. va Tuvadagi dasht va toshloq togʻ yon bagʻirlarida bir turi … Читать далее

KARMAKDOSHLAR

KARMAKDOSHLAR (Plumboginaceae) — ikki urugʻpallalilar (magnoliyasimonlar) sinfiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar oilasi. 12 turkumi, 600 dan ziyod turi bor. Oʻzbekistonda 7 turkumi, 31 turi oʻsadi. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli, qizil, oq, toʻq havo rang, sariq, boshoqsimon yoki roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi, Gulkosachasi pardasimon, oq va och binafsha rang. Tojbargi 5 ta, pastki qismi qoʻshilgan, changchisi … Читать далее

MAVRAK

MAVRAK (Salvia) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar va yarim butalar turkumi. 500 turi bor. Oʻzbekistonda 16 turi uchraydi. Shundan yarim buta boʻlgan dorivor Mavrak ekib oʻstiriladi; boʻyi 50 sm. Barglari choʻziq yoki keng nashtarsimon, uzun bandli (poyaning yuqori qismidagisi bandsiz), qarama-qarshi joylashgan. Gullari koʻk, binafsha, poya shoxlarining uchida soxta toʻpgul hosil qiladi. Bargida … Читать далее

OʻSMA

OʻSMA — karamguldoshlarga mansub koʻkimtir, tuksiz ikki yillik oʻt. Vohalarda madaniy va yovvoyi holda uchraydi. Ilgari Gʻarbiy Yevropada nil boʻyogʻi olish uchun ekilgan. Birinchi yili toʻpbarg hosil qiladi. Ikkinchi yili toʻpbarg boʻyi 25—100 sm boʻlgan poya chiqaradi, shoxlaydi. Barglari choʻziq nashtarsimon, poyadagilari bandsiz, cheti tekis, poyani oʻragan, roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Aprelsent. oylarida gullab, mevalaydi. … Читать далее

TUYAQORIN

TUYAQORIN (Heliotrapium lasiocarpum L. et. M.) — kampirchopondoshlarga mansub bir yillik zaharli oʻt; boʻyi 30—60 sm, sershox. Ildizi oʻq ildiz; suyet shoxlanadi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, ikkala tomoni dagʻal tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, oq, toʻpgul oʻqiga bir tomonlama oʻrnashgan. Urugʻi oq tuklar bilan qoplangan, har mevada 4 tadan yetishadi. Apr. da unadi, may oyida gullaydi: … Читать далее

KALLAK

KALLAK — 1) biror asbobning bosh qismi (mas, silindrlar kallagi); 2) gulbandlari qisqa boʻlgani uchun gulpoyaning yoki shoxchaning uchida toʻplanib oʻsgan toʻpgul (mas, sebargada). Loading… Пост Навигацияси Previous PostKALLA MUQARNAS Next PostKALLAMOZOR SVITASI

BARDI

BARDI, qiyoq (Carex) — hiloldoshlar (bardidoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Toʻp-toʻp boʻlib oʻsadi. Poyasi uch qirrali, boʻgʻimsiz. Barglari tasmasimon, tilchasiz, yopiq qinli, qatgiq, chetlari gʻadir-budur. Gullari mayda, rangsiz, ikki yoki bir jinsli, baʼzan ikki uyli boʻlib, roʻvaksimon, soyabonsimon, boshoqsimon murakkab toʻpgul shaklida joylashgan. Mevasi yongʻoqcha. 2 mingga yaqin turi bor, koʻpincha moʻtadil va … Читать далее

EDELVAYS

EDELVAYS — murakkabgullilar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; manzarali togʻ guli. Vatani — Yevropa, Xitoy, Yaponiya va Sibirda ham uchraydi. Alp togʻlarining ohaktoshli qoyalarida, dengiz sathidan 1700—2300 m balandlikda alp Edelvaysi, Sibirda sibir E. i, Himolay togʻlarida himolay Edelvaysi oʻsadi. Edelvays poyasining hamma qismi oppoqtuklar bilan qoplangan. Savatchasi tukli qoplovchi tangacha barglar bilan oʻralgan, … Читать далее

TOSHBAQATOL

TOSHBAQATOL (Haplophyllum regforatum) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik badboʻy oʻt. Nuqtasimon qora bezlar bilan qoplangan. Boʻyi 3070 sm, poyasi yuqori qismidan shoxlangan. Bargi tolning bargiga oʻxshash uzunchoq, tekis qirrali. Guli sariq, poya va shoxlar uchida qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Mevasi 4 chanoqli ochilmaydigan koʻsakcha. May — iyudda gullaydi, avg. da urugʻi pishadi. T. Toshkent, … Читать далее