MULK IJARASI

MULK IJARASI — haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish. Ushbu munosabatda 2 mustaqil taraf — ijaraga beruvchi (yaʼni, mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan shaxs) va ijaraga oluvchi qatnashadi. Ular oʻrtasida Mulk ijarasi shartnomasi tuziladi. Mulk ijarasidan ijaraga beruvchi ham, ijaraga oluvchi ham manfaatdordir. Ijaraga beruvchi muayyan xaq (daromad) oladi, ijaraga … Читать далее

MOʻYNOQ

MOʻYNOQ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoqtumanidagi shahar (1963-y. 27-iyuldan). Tuman markazi. Qoraqal-pogʻistonning eng shim. shahri. Orol dengizining suvi chekinmasdan avval dengizning jan.-gʻarbiy soqilida joylashgan edi. Nukus sh. dan 180 km shim-. da, yaqin t. y. stansiyasi — Qoʻngʻirot (100 km). Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7,4°, iyulniki 26,3°. Kuchli shamollar boʻlib turadi. Aholisi 13,6 ming kishi (2000). … Читать далее

MIKROSEYSMALAR

MIKROSEYSMALAR (mikro… va seismos — tebranish, zilzila) — atmosfera bosimining oʻzgarishi va b. sabablar tufayli Yer sirtining sinusoida shaklda juda kichik oʻzgaruvchan amplituda bilan tebranishi. Mikroseysmalar tabiiy va sunʼiy, davriy va davriy boʻlmagan tebranishlardan iborat. Tabiiy Mikroseysmalarga dengiz, okean, dare suvlarining chayqalishi, atmosfera bosimining oʻzgarishi, kuchli shamol, doʻl, sel, toshqin va b. sabab bulishi mumkin. … Читать далее

MEXIKALI

MEXIKALI — Meksikaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. AQSH chegarasiga yaqin joyda. Kolorado daryosi havzasida. Shim. Quyi Kaliforniya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 764,9 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Sugʻorma dehqonchilik r-nining (paxta, bugʻdoy, sabzavot ekinlari, moyli oʻsimliklar yetishtirish) markazi. Oziq-ovqat, metallsozlik, paxta tozalash, yogʻmoy sanoati korxonalari mavjud. Amerika kompaniyalarining elektrotexnika, radioelektronika va isteʼmol tovarlari i. ch. … Читать далее

METROPOLITEN

METROPOLITEN, metro (yun. metropolis — bosh shahar, markaz) — koʻp sonli yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan relsli tezyurar elektr transport turi. Ishonchli xavfeizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Metropoliten yoʻllari yer ustida, yer yuzasida va yer ostida joylashishi mumkin. Metropoliten yoʻllari shaharning rivojlanish rejalarini, yoʻlovchilar oqimlarini, turar joy massivlari, i. ch., savdo va dam olish markazlarining joylashuvini, shuningdek, shahar … Читать далее

MOSUL

MOSUL, al-Mavsil — Iroqning shim. qismidagi shahar. Dajla daryosi boʻyida. Naynova muhofazasining maʼ-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Gʻalla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport ioʻllari tuguni. Toʻqimachilik (muslin gazlamasi i. ch.), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, metallsozlik, sement sa-noati korxonalari mavjud. Un-t, tarix va b. muzeylar bor. M. yaqinidan oltin-gugurt va … Читать далее

MOL-MULK SOLIGʻI

MOL-MULK SOLIGʻI — mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan yerlar qiymati bundan mustasno. Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning oʻrtacha yillik balans qiymatining 3% … Читать далее

MILUOKI

MILUOKI — AQSHning shim. qismidagi shahar. Viskonsin shtatida. Axoliyey 596,9 ming kishi (2000). Miluoki daryosi Michigan koʻliga quyiladigan yerdagi port. Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatining yirik markazi. Stanoklar, presslash va sanoat jihozlari, elektromotorlar, q. x. va yoʻl qurilish mashinalari, konchilik jihozlari ishlab chiqariladi. Avtomobilsozlik, priborsozlik, harbiy sanoat, qora va rangli metallurgiya korxonalari bor. … Читать далее

MAHALLAT ul-KUBRO

MAHALLAT ul-KUBRO, Al-Mahal lat ul-Kubro — Misrning shim. qismidagi shahar. Gʻarbiya muhofazasida, Nil daryosi deltasida. Aholisi 400 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat (sholi oqlash) sanoati korxonalari bor. Пост Навигацияси

MOTOTSIKL

MOTOTSIKL (moto… va yun. syklos — doyra, gʻildirak) — ichki yonuv dvigateli bilan taʼminlangan 2 yoki 3 gʻildirakli transport vositasi. Ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan birinchi Mototsiklni nemis ixtirochisi G. Daymler 1885-y. yasagan. Transport, sport va maxsus (oʻt oʻchirish, sanitariya, harbiy va b.) M. lar bor. Asosiy qismlari: dvigatel, kuch uzatmasi (transmissiya), yurish qismi, elektr jihozlari … Читать далее