MUNIS

MUNIS Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy oʻgʻli) (1778 — Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1829) — shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot va maʼrifatparvar. Dastlabki maʼlumotni tugʻilgan qishlogʻida olgan, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqigan. 1800-y. da otasi vafot etgach, Avaz Muhammad Inoq M. ni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan. Munis zamonasining mashxur olim, shoir va sanʼatkorlari … Читать далее

MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

MUXATOV

MUXATOV Veli (Velimuhammad) [1916.22.4 (5.5), hoz. Ashxobod tumani] — turkman kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1951). Turkmaniston kompozitorlar uyushmasi raisi (1954—59). Ashxobod konservatoriyasini prof. (1987). Ijodida turkman xalq musiqa merosiga xos kuy-ohanglardan keng foydalanib, ularni professional mahorat bilan zamonaviy ifoda vositalari yordamida qayta ishlagan. «Turkmancha syuita» (1950), «Mening Vatanim» simfonik poemasi (1951), … Читать далее

MERKITLAR

MERKITLAR, markitlar, makritlar — Markaziy Osiyoda oʻrta asrlarda yashagan eng jangovar va koʻp sonli qabilalardan biri. 12-a. oxiri — 13a. boshlarida Selenga daryosining boʻylarida Merkitlarning 3 qabilaviy ittifoqi (uduit, kaat va uvas) mavjud boʻlgan. Uduit — M. 4 uruqqa boʻlingan: uykur, mudan, tudakli va jiyun. Ularning xoni Toʻqtabegi (Toʻxtabiki) boʻlgan. Merkitlar yaqin qoʻshnilari — keray-m/ilar, … Читать далее

MAJLISIY

MAJLISIY (15-a. oxiri, Xorazm – 16-a. 1-yarmi, Buxoro) — shoir. Hayoti va ijodi qaqida ayrim maʼlumotlar Nisoriynit «Muzakkir ul-ahbob» tazkirasida uchraydi. Uning 4000 misralik «Qissai Sayfulmuluk» ishqiysarguzasht dostoni bizgacha yetib kelgan. Asar masnaviyda, hazaj bahrida, qissa ichida qissa shaklida yozilgan boʻlib, tuzilishi, voqealar bayoni jihatidan folklor asarlariga yaqin turadi. Misr shohi Osimning yolgʻiz oʻgʻli Sayfulmulukning … Читать далее

MARI VILOYATI

MARI VILOYATI — Turkmanistondagi viloyat. 1970 i. 14 dek. da tashkil etilgan (dastlab 1939-y. 21 noyab. da tashkil etilib. 1963-y. 10 yanv. da tugatilgan edi). Gʻarbdan Axal, shim. va shim,-sharkdan Lebap viloyatlari. jan. va jan.-sharkdan Eron va Afgʻoniston b-n chegaradosh. Mayd. 86,8 ming km2. Aholisi 1146,8 ming kishi (1995). 10 tuman, 4 shahar, 18 shaharcha … Читать далее

KATSENOVICH

KATSENOVICH Rauf-Rafail Aleksandrovich (1920.7.9, Toshkent) — terapevt, kardiolog va fizioterapevt. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari d-ri (1964), prof. (1966). ToshTI ni tugatgan (1945). Bosh turkman kanali qurilishida 1-tibbiyot-sanitariya qismining boshligʻi (1951-53), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya i. t. in-tida ilmiy kotib (1953-58), direktor oʻrinbosari (1958—72), … Читать далее

KAXETI (KAXETIYA) QOʻZGʻOLONI

KAXETI (KAXETIYA) QOʻZGʻOLONI — gruzin xalqining Eron hukmronligiga qarshi qoʻzgʻoloni (1659). Eron shohining Kaxeti tekisliklariga koʻchmanchi turkman kabilalarini joylashtirmoqchi boʻlgani sabab boʻlgan. Kaxeti (kaxetiya) qoʻzgʻoloni (K.)q. natijasida Eron qoʻshinlari Kaxetidan quvib chiqarilgan. Пост Навигацияси

TURKMANLAR

TURKMANLAR — xalq, TurkmanisGʻyaoyaning asosiy aholisi (2537 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari). Shuningdek, Oʻzbekiston, Shim. Kavkaz, Astraxon viloyati va RFning bir nechta shaharlarida, Afgʻoniston, Eron va Turkiyada yashaydi. Umumiy soni 4,6 mln. kishi. Turkman Gʻpilila soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Turkmanlarning etnogenezida mahalliy daxmassagetlar, shuningdek, sarmatlar, alanlar qabilalari, qisman qad. Margʻiyona, Parfiya va Xorazm davlatlari … Читать далее

TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln. dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh. Turkiston oʻlka sovetlarining 5syezdi (1918-y. 20 apr. —1 may)da 30 apr. kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet … Читать далее