MIN

MIN — oʻrta asrdagi Xitoyda imperatorlar sulolasi (1368— 1644). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi agʻdarilishi natijasida Chju Yuanʼchjan tomonidan asos solingan. 15-a. boshida bosqinchilik siyosati olib borgan. 1407-y. Xitoy qoʻshinlari Vyetnamni bosib olgan. Jan. dengizlar va Hind okeani mintaqalari tomon Chjen Xe qoʻmondonligi ostida 7 ta dengiz ekspeditsiyasi joʻnatilgan. Portugaliyaliklarning Xitoyda oʻrnashib olishga urinishlari munosabati bilan Min … Читать далее

PEKIN

PEKIN, Beyszin (xitoycha — shim. poytaxt) — Xitoyning poytaxti. Siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Kattaligi jihatidan mamla-katda Shanxaydan keyin 2-oʻrinda. Buyuk Xitoy tekisligining shim. qismida, uch tomondan togʻlar bilan oʻralgan. Iqlimi moʻtadil, mussonli iqlim. Yanv. ning oʻrtachat-rasi —4,6°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 636 mm. Aholisi 12 mln. kishi (1999, shahar atrofi b-n). Pekin aloxdsa … Читать далее

XUBILAY

XUBILAY, Qubilay (1210-1294) — Moʻgʻullar davlati hukmdori, qoon (1260—94). Tulixonning 4oʻgʻli, Chingizxoining nabirasi. Onasi — Surquktani kerayt qabilasi begi Vanxon Toʻgʻril (Oʻnxon)ning jiyani boʻlgan. 1251-y. da X. moʻgul zodagonlarining buyuk qurultoyida raislik vazifasini ado etgan. Shu paytdan eʼtiboran u Munke qoon farmoniga muvofiq, moʻgʻullar tomonidan bosib olingan Xitoy yerlarini boshqargan. Pekin sh. dan taxm. 550 … Читать далее

XARAXOTO

XARAXOTO (moʻgʻulcha — Qora shahar) — Edzina (yoxud Xeyjunchen) shaharqalʼa xarobasi, Gʻarbiy Sya davlatining EdzinGol daryosi quyi oqimi boʻyidagi harbiy okruglaridan birining markazi. Dastlab 11-a. boshidagi yozma manbalarda qayd etilgan. 1226-y. Chingizxon tomonidan vayron qilingan. P. K. Kozlov boshchiligidagi rus arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan (1908, 1909, 1926-y. larda) tadqiq etilgan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (440×360 m) shahar … Читать далее

TEMUR XOQON

TEMUR XOQON, Temur qagʻan (1265—1307) — Xitoyda Xubilay xoqon tomonidan asos solingan Yuan imperiyasi (1271 — 1367) hukmdori (1295 — 1307). Temur xoqonning 13 yillik hukmronlik davri Xitoy solnomalarida YuanChjen (129597) hamda Dade (1297 — 1307) tarzida nomlangan. Temur xoqon Oʻqtoyxon avlodlaridan Xaydu noʻyon tomonidan Xubilay va uning vorislari siyosatiga qarshi 40 yil davomida olib … Читать далее

SUY

SUY, Suy xonligi — Xitoydagi sulola va davlat (581—618). Asoschisi — sarkarda Yan Szyan (Yang Jyan); u imperator Vendi (581—604-y. larda hukmronlik qilgan) nomi bilan mashhur boʻlgan. U 589-y. mamlakatning jan. va shim. ni birlashtirib, xitoylik boʻlmagan elatlarning shim. dagi hukmronligiga chek qoʻygan. Davlat hududi sharqda dengiz qirgʻoqlarigacha, gʻarbda Sharqiy Turkistongacha, jan. da hoz. XXRning … Читать далее

NURXATSI

NURXATSI (1559—1626) — manjur xoni. Oysingoro kavmidan. Min sulolasi tu-manboshisi Mangu Temurning avlodi. Szyanchjou jujanlari qabilasi bosh-ligʻi (1583). Min imperiyasi vassali; 1589-y. minlarga koʻrsatgan xizmati uchun dudu syanshi (general) harbiy unvonini olgan. Nurxatsi manjur kabilalarini birlashtirishga kirishgan. 30 yillik urush harakatlaridan soʻng, 1616-y. N. Xetu-ola (hoz. Lyaonin viloyatida) sh. ni markaz qilib xonlik tashkil etib, … Читать далее

KOREYa

KOREYa (koreyscha Choson — Tonggi tarovat) — Sharqiy Osiyodagi mamlakat. Asosan, Koreya ya. o. va uning materikka tutashgan qismida hamda 3,5 mingga yaqin orolda joylashgan. Koreyani sharkdan Yapon dengizi, gʻarbdan Sariq dengiz oʻrab olgan, jan. da Koreya boʻgʻozi uni Yaponiyadan ajratib turadi. Dengiz chegaralari 8,7 ming km. Shim. da Xitoy va Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradosh. … Читать далее

CHJU YUANCHJAN

CHJU YUANCHJAN (1328, Anxoy viloyati — 1398, Nankin) — Xitoy imperatori (1368-y. dan). Min sulolasi asoschisi. Yersiz ijarador oilasida tugʻilgan. Yoshligida Budda rohibi boʻlgan. 1352-y. moʻgʻullarning Yuan sulolasiga qarshi Markaziy Xitoyda qoʻzgʻolon koʻtargan shaharlik boylardan Go Szisin otryadiga kirgan. 1355-y. bu rndagi vatanparvarlar qoʻzgʻolonining bosh rahbariga aylangan. Oʻz hokimiyati ostiga Markaziy, Sharqiy va Jan. Xitoyning … Читать далее

YUNNAN

YUNNAN — Xitoyning jan. gʻarbiy qismidagi provinsiya. Maid. 436,2 ming km2. Aholisi 41,4 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Kunmin shahri Provinsiya Yunnan togʻligining katta qismini egallaydi. Iqlimi subtropik mussonli, jan. da tropik iqlim. Yirik daryolari: Yanszi, Mekong, Saluin. Yu. mineral xom ashyo va gidroenergiya zaxiralariga boy. Xoʻjaligi agrarindustrial xarakterga ega. Ekin maydonining 80%ga sholi, … Читать далее