MOTOTSIKL SPORTI

MOTOTSIKL SPORTI — sportning texnik turi, mototsikl bilan oʻtkaziladigan musobakalar. Motodrom, shosse, trek, otchoparlarda tezlikka erishish (poyga), pastbaland joylarda hayday bilish (kross), yonilgʻini tejash, sunʼiy gʻov qoʻyilgan joylar va shahar harakati sharoitida rul boshqarish, turli oʻyinlar namoyish qilish, tepalikka koʻtarilish, chuqurlikka shoʻngʻish kabilardan iborat. Dastlab 1895-y. Parij—Bordo—Parij yoʻnalishi boʻyicha avtomobil poygasi bilan birgalikda tosh yoʻlda … Читать далее

MADAMINBEK

MADAMINBEK, Muhammad Aminbek Ahmadbek oʻgʻli (1892, Margʻilon yaqinidagi Soʻkchilik qishlogʻi — 1920.14.5, Fargʻona vodiysidagi Qorovul qishlogʻi) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash harakati namoyandalaridan biri (1918—20), Muvaqqat Fargʻona hukumati raisi (1919—20). Boshlangʻich maktabda savod chiqargach, mahalliy boylar va ruslarning savdo doʻkonlarida ishlagan. Birinchi jahon urushi arafasida podshoga qarshi faoliyati uchun politsiya tomonidan qoʻlga olinib, 14 … Читать далее

MOLDIBOYEV

MOLDIBOYEV Abdilas [1906.24.6 (7.7), Qirgʻiziston, Kemin tumani — 1978.31.5, Bishkek] — qirgʻiz kompozitori va xonanda (tenor). Qirgʻiziston xalq artisti (1937), qirgʻiz kompozitorlik musiqasi asoschilaridan. Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1940—41 va 1947—50). Qirgʻiziston musiqali drama teatrida (1933-y. dan), Qirgʻiziston opera va balet teatrida (1942-y. dan) xonanda. Qirgiziston kompozitorlar uyushmasi raisi (1939 — 67). V. Vlasov, V. … Читать далее

MANAS CHOʻQQISI

MANAS CHOʻQQISI — Talas Olatovi tizmasidagi choʻqqi. Tizmaning gʻarbiy qismida, Qirgʻiziston Respublikasi hududvda joylashgan. Bal. 4484 m. Perm — trias davrining granitoidlari, porfirit va b. dan tashkil topgan. Choʻqqining yon bagʻirlari tik, muzliklar b-n qoplangan. Relyefi kuchli parchalangan. Muzliklar bilan qoplangan karr va sirklar choʻqqining relyefini murakkablashtiradi. Yon bagʻirlaridagi alp va subalp oʻtloqlardan yaylov sifatida … Читать далее

MARKAZIY OSIYO HAMKORLIK VA TARAQQIYOT BANKI

MARKAZIY OSIYO HAMKORLIK VA TARAQQIYOT BANKI (MOHTB) – Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlantirishga yordam koʻrsa-tuvchi xalqaro bank. 1994 yil 8-iyulda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Respublikalari oʻrtasida «Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qoʻshma kelishuvga asosan taʼsis etilgan. Taʼsischilari Oʻzbekiston, Krzogʻiston, Qirgʻiziston hukumatlari. 1998-y. da davlatlararo kengashning qarori bilan Tojikiston Respublikasi ham bank … Читать далее

TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln. dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh. Turkiston oʻlka sovetlarining 5syezdi (1918-y. 20 apr. —1 may)da 30 apr. kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet … Читать далее

KUNGAY OLATOV

KUNGAY OLATOV — Tyanshanning shim. dagi tizma. Qozogʻiston b-n Qirgʻiziston chegarasida. Jan. da Issiqkoʻl bilan chegaradosh. Kungay Olatov gʻarbda Boʻoʻm darasidan sharkda Charin daryosi (Ilining chap irmogʻi) ning bosh qismiga qadar (200 km ga) choʻzilgan. Eng baland choʻqqisi — Choʻqtal togʻi, 4771 m. Granit, slanes va qumtoshlardan tarkib topgan. Shim. yon bagʻri jan. yon bagʻriga … Читать далее

XOʻJABAQIRGʻON

XOʻJABAQIRGʻON — Fargʻona vodiysidagi dare. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 117 km. Havzasining umumiy mayd. 2150 km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 10,3 m3sek. Muzlik va qor suvlaridan toʻyinadi. Asosiy irmoqlari — Laylak va Qozbola. Koʻp qismi Qirgʻiziston hududidan oqadi, suvi sugʻorishga sarflanib, Tojikistonning Xoʻjand sh. yaqinida tugaydi. Пост Навигацияси

KETMONTOV

KETMONTOV — Tyanshandagi togʻ tizmasi. Gʻarbiy qismi Qirgʻiziston Res-publikasi, sharqiy qismi Xitoy hudu-dida. Uz 300 km, bal. 3638 m gacha (Osmontogʻ). Granit, ohaktosh va porfirdan tarkib topgan. Togʻ tepalari yassi, shim. yon bagʻri keng, jan. yon bagʻri qisqa va tik. Togʻ etaklari va jan. yon bagʻri dasht oʻsimliklari, shim. yon bagʻri esa Tyanshan qoraqaragʻay oʻrmonlari … Читать далее

KARKIDON SUV OMBORI

KARKIDON SUV OMBORI — Fargʻona viloyati Quvasoy daryosidagi gidrotexnika inshooti. Suv ombori Fargʻona viloyati Kuva tumani bilan Qirgʻiziston Respublikasi chegarasida, Nazarota togʻoldi bilan Quvasoy vodiysi adirlari oraligʻidagi tabiiy botikda qurilgan. Birinchi navbati 1961—63 y. lar oxirida, ikkinchi navbati 1967-y. da qurib bitirildi. Karkidon suv ombori toʻgʻoni bal. 70 m, uz. 420 m. Umumiy hajmi 218,4 … Читать далее