AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI

AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI — sut uchun boqiladigan zot. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Qirgʻizistonning Talas vodiysi va Qozogʻistonning Avliyoota uyezdi (hoz. Jambul viloyati)da jaydari zotlarni golland qoramol zoti bilan chatishtirishdan olingan avlodlarni oʻzaro urchitish nuli bilan yaratilgan. 1950-y. da Avliyoota qoramol zoti rasman tasdiqlangan. Avliyoota qoramol zoti asosan ola, baʼzan qora. Buqalarining tirik vazni 800—950 … Читать далее

ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI

ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI — Shotlandiyada yetishtirilgan sergoʻsht zot. A.-A. q. z. AQSH, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Argentina va b. mam-lakatlarda boqiladi. Bu zot qora tusli, shoxsiz, tanasi silindrsimon, oyoqlari kalta, baquvvat. Sigirlarining tirik vazni 500—550 kg, buqalariniki 750—800 kg, baʼzan 1000 kg ga boradi. 15—16 oylik axtalangan buqachalari 450—460 kg goʻsht qiladi. Boʻrdoqi qilib soʻyilganda … Читать далее

ANGLER (ANGEL) QORAMOL ZOTI

ANGLER (ANGEL) QORAMOL ZOTI — suti uchun boqiladigan zot. Zot haqidagi maʼlumotlar 16-a. ga toʻgʻri keladi. Suyagi noziq, tanasi choʻziq, sutdorlik belgilari yaxshi rivojlangan, tusi qizil. Buqalarining tirik vazni 850—1000 kg, sigirlariniki 500—580 kg. Yiliga 4000—4500 kg sut beradi, sutining yogʻligi 4,5—4,6%. Asosan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida boqiladi. Angler (angel) qoramol zoti qizil daniya zotini u … Читать далее

ARMANISTON QOʻY ZOTI

ARMANISTON QOʻY ZOTI — yarim dagʻal junli zot, Armanistondagi «Aragat» naslchilik xoʻjaligida murakkab chatishtirish [(balbas zoti sovligʻi x linkoln zoti qoʻchqori) x balbas zoti sovligʻi] yoʻli bilan yaratilgan. 1984-y. da zot sifatida tasdiqlangan. Qoʻylarning koʻz atrofi va oyoqlarida qora rangli dogʻlar boʻlishi bilan ajralib turadi. Zot mustahkam konstitutsiyali, gavdasi yirik, goʻshtdorlik sifati yuqori, koʻchqorlarining tirik … Читать далее

AVSTRALORP TOVUQ ZOTI

AVSTRALORP TOVUQ ZOTI — goʻsht va tuxum uchun boqiladigan zot. Avstraliyada 20-a. ning 20-y. larida ingliz qora orpington tovuq zoti negizida olingan. Oyoklari kalta, pati tovlanuvchan qora, tanasi choʻziq. Xoʻrozlarining tirik vazni 3,5—4 kg, tovugʻiniki 2,5 — 2,7 kg. Bir yilda 180 va undan koʻproq tuxum qiladi. Tuxumlari och jigarrang, vazni oʻrtacha 55—60 g. Asosan … Читать далее

ASKANIYA QOʻY ZOTI

ASKANIYA QOʻY ZOTI — mayin tolali, juni va goʻshti uchun boqiladigan zot. Bu zotni 1925 — 34 y. larda Ukraina chorvachilik i. t. instituti (Xerson viloyatidagi «Askaniya-Nova» xoʻjaligi)da akad. M. F. Ivanov Ukraina mahalliy merinos qoʻylarini tanlab borish va Amerikaning rambulye qoʻchqorlari bilan chatishtirish orqali yetishtirgan. Askaniya qoʻy zoti mayin junli qoʻylar ichida oʻzining yirikligi … Читать далее

AXALTAKA OT ZOTI

AXALTAKA OT ZOTI — salt miniladigan qad. ot zotlaridan biri. Xalq seleksiyasida Jan. Turkmanistondagi Axaltaka voxasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi (poygada 1000 m masofani 1 min. 05 sek. da bosib oʻtadi). Axaltaka ot zotining toʻshi tor, sagʻrisi ixcham va choʻzinchoq, oyoqlari nozik, … Читать далее