ABDULLAYEV Abdumavlon Abdullayevich

ABDULLAYEV Abdumavlon Abdullayevich (1930.13.7, Namangan viloyati Pop tumani) — biolog-botanik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, prof. (1980). Oʻrta Osiyo un-tining biol.-tuproqshunoslik f-tini tugatgan (1952). Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi (hoz. Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi) in-tida ilmiy xodim (1957 —67), lab. mudiri (1967-y. dan), direktor (1971-82 va 1985 – 89). Oʻzbekiston FA kishlok xoʻjaligi fanlari boʻlimi raisi (1997—98). Abdullayev ilmiy ishlari seleksiyada gʻoʻzaning yaqin qarindosh va geografik uzoq, yovvoyi tur hamda formalaridan foydalanish, gʻoʻzaning filogenetik sistematikasi muammolariga bagʻishlangan. Abdullayev gʻoʻza yovvoyi turlarining kariologiya evolyutsiyasi nazariyasini asoslab berdi. Gʻoʻzaning yovvoyi turlarini yigʻish boʻyicha uning kelib chiqish markazlari boʻlgan Meksika (1975), Peru (1984), Seylon, Xindiston, Xitoy (1989 — 90), Avstraliya (1997)ga uyushtirilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qildi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x