Assalom bahor

Uyg’onguvchi bog’larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog’ingdan rang olgan dedim —
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o’zingni,
— Sen bahorni sog’inmadingmi?

O’ngirlarda sakraydi ohu,
Na’matakda sa’va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
— Sen bahorni sog’inmadingmi?

Mana, bugun navro’zi olam,
Do’stlarimga gullar tutarman.
Umrim bo’yi chorlab o’tarman,
— Sen bahorni sog’inmadingmi

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x