AVSTRIYALIKLAR

AVSTRIYALIKLAR (oʻzlarini esterrayxer deb ataydilar) — xalq, Avstriyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 8,8 mln. kishi (1992). (Avstriyada — 7,15 mln. kishi). Avstriyaliklar nemis tilida soʻzlashadi. Yevropeoid irqiga mansub. Dini — katolik, oz qismi — protestant. Avstriya yeridagi eng ilk qabilalar: illiriylar, keltlar, retlardir. Mil. av. 2-a. da Avstriya yerini rimliklar bosib olib, yerlik xalqlarni romanlashtirdi. 5—6 a. larda Avstriyaga yana bir qancha qabilalar va kabila birlashmalari (gotlar, gunnlar, langobardlar va b.) bosib kiradi. Bular yerlik xalqlarning etnik tarkibiga qisman oʻzgarish kiritgan. 6-a. da Avstriya yeriga slavyanlar va germanlar (bavarlar, alemannlar) keladi. Slavyan va germanlar Avstriyaning ilk romanlashgan guruhlari bilan qoʻshilib ketishlari natijasida Avstriyaliklar zlati, 19-a. ning oxirlarida esa Avstriyaliklar millati tashkil topdi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x