AYUPOV Shavkat Abdullayevich

AYUPOV Shavkat Abdullayevich (1952.14.9, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995), fizikamat, fanlari d-ri (1983), prof. (1985). A. T. Lyulovning oʻgʻli. Toshkent davlat un-tining matematika f-tini tugatgan (1974). ToshDU da oʻqituvchi (1977-79) va Oʻzbekiston FA Matematika in-tida katta ilmiy xodim (1979-88), algebra va analiz boʻlimi mudiri (1986-y. dan), direktor oʻrinbosari (1986 — 92), direktor (1992-97). 1997-y. dan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi. Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid. A. Yordan algebralari soxasida ham nazariy, ham tatbiqiy yoʻnalishda yirik i. tlarni amalga oshirdi. Gilbert fazosidagi oʻz-oʻziga qoʻshma operatorlar Yordan algebrasi tuzilishi va qurilishi boʻyicha muhim natijalar oldi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x