AZIMOV Sharif Tursunovich

AZIMOV Sharif Tursunovich (1954.14.5, Samarqand sh.) — kulol, Oʻzbekiston BA haqiqiy aʼzosi (1997). Bobosi kulol Umarqul Joʻraqulovdan hunar oʻrgangan. Oʻzbekiston Rassomlari uyushmasi Badiiy jamgʻarmasining i. ch. ustaxonasida kulol (1975-78); 1978-y. dan Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi Badiiy jamgʻarmasi qoshidagi «Usta» birlashmasi Samarqand boʻlimida kulol-rassom. Azimov kulollik sanʼati sirlarini urganihda izlanib, bu sohada oʻziga xos ijodiy yoʻnalish yaratdi. U yaratgan «Ajdaho» (sopol, 1978), «Timsoh» (sopol) kabi oʻziga xos jozibali koʻza, xum va b. idishlar muzeylarda saqlanadi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x