AZIZOV Turgʻun Tursunovich

AZIZOV Turgʻun Tursunovich (1934.30.11, Toshkent) — aktyor va rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgach (1956), Hamza teatrida aktyor. Asosiy rollari: Ferdinand («Makr va muhabbat»), Ilyos («Sarvqomat dilbarim»), Eydzi («Oʻgʻirlangan umr»), MarkTuysk («Oqpadar»), Niyoz («Nomaʼlum kishi»), Yoʻlchi («Qutlugʻ qon»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Edmund («Qirol Lir»), UlugʻbekMirzo Ulugʻbek»), Amir Nasrullo («Nodirabegim»), Otello («Otello») va b. Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli «Oʻlimdan kuchli» spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir OlimxonGang uzra tong»), Bakir («Maftuningman»), Amir Nasrullo (Nodirabegim»), Ota Maqsumov («Uzoqyaqin yillar»), Mirzakarimboy («Parol — Regina mehmonxonasi»), Dadaboy («Qoʻqon voqeasi», telefilm) kabi obrazlar yaratdi. Liriko-dramatik va romantik plandagi rollarni zoʻr ehtiros va joʻshqinlik bilan ijro etadi, qahramonlar xarakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalanadi, oz harakatda koʻp maʼno anglatishga, qahramonining his-tuygʻulari, ichki kechinmalarini tabiiy ifodalashga intiladi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x