MAʼMUN AKADEMIYASI

MAʼMUN AKADEMIYASI — 9-a. 1-yarmida Xalifa Maʼmun arrashid (813—833) tomonidan Bagʻdodda tashkil etilgan ilmiy markaz. Dastlab «Bayt ul hikmat» («Bilim uyi» deb atalgan). Bu akademiyada Hunayn ibn Isʼhoq, Sobit ibn Kurra, Xubaysh, Baxtyashu, Qusto ibn Luqa al-Baaxbakkiy, Yahyo ibn Adiy, Isʼhoq al-Damashqiy, Masarjuvayxlar oilasi, Navbaxt, Ibn Muqaffa, Ibn Mojja, Ibn Vaxshiyalar tomonidan yunon, yahudiy, sanskrit, suryoniy, fors tilidan juda koʻplab ilmiy-adabiy, falsafiy-axloqiy asarlar arab tiliga tarjima qilindi va ularga sharxlar yozilib, musulmon dunyosiga yoyildi. Ayni shu tarjima va sharxlar tufayli yunon, hind olimlari asarlari bizgacha yetib kelgan. 828-y. M. a. qoshida Bagʻdodning ash-Shammasiya mahallasida birinchi rasadxona, 831-y. Damashq yaqinidagi Kosion togʻida rasadxonaning boʻlimi qurilgan. Rasadxonaga dastlab marvlik Abu Ali Yahyo ibn Mansur, keyinchalik Muhammad Xorazmiy rahbarlik kilgan. Maʼmun akademiyasida turli maqsadlarda ilmiy ekspeditsiyalar ham tashkil qilingan. Chunonchi 830-y. Xorazmiy boshchiligida Gʻarbiy Hindiston (hoz. Sharqiy Afgʻoniston), Vizantiya, Volganing quyi oqimiga 3 ta ekspeditsiya uyushtirilgan. Maʼmun akademiyasida Xorazmiy bilan birga Xolid ibn al-Malik al-Marvarrudiy, Al-Abbos ibn Sayd al-Javhariy, Ahmad ibn Abdulloh alMarvaziy, Ahmad al-Fargʻoniy, Abu Fazl alhamid ibn Vaseʼ ibn Turk alXuttaliy, Abu Yusuf Yoqub ibn Sabbox al-Kindiy va b. koʻplab oʻrtaosiyolik olimlar ijod qilib, turli fanlar rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

11 – a. boshida Xorazm poytaxti Gurganj (hoz. Koʻhna Urganch) sh. dagi ilmiy markaz ham Maʼmun akademiyasi deb nomlangan (q. Xorazm Maʼmun akademiyasi).

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x