MEVALI OʻSIMLIKLAR

MEVALI OʻSIMLIKLAR — meva beradigan yovvoyi va ekib ustiriladigan oʻsimliklar. M. oʻ. dan meva, rezavor va yongʻoqlar olish uchun ekib ustiriladigan madaniy oʻsimliklar muhim ahami-yatga ega. Ekib ustiriladigan Mevali oʻsimliklarning 32 botanik oilaga mansub 200 ga yaqin turi maʼlum.

Mevali oʻsimliklar quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi: urugʻlilar (urugʻli meva daraxtlari): olma, nok, behi, doʻlana, irgʻay, mushmula, chetan va b. ; danaklilar (danakli meva daraxtlari): oʻrik, shaftoli, gilos, olcha, olxoʻri, togʻolcha, qizil vab. ; yongʻoqmevalilar (bodom, yongʻoq, pekan, lista, leshchina, funduk, kashtan va b.); sub-tropik oʻsimliklar (anjir, anor, xurmo, avakado, zaytun, apelsin, feyxoa, limon, mandarin, greypfrut va b.); tropik oʻsimliklar (banan, ananas, mango, papayya), rezavor mevalilar (yertut, qulupnay, malina, maymunjon, smorodina, krijovnik); chirmashib oʻsuvchi (liana) Mevali oʻsimliklar sifatida tok keng tarqalgan. Mevali oʻsimliklarning barchasi — koʻp yillik, koʻpchiligi bargini toʻkadi va ayrimlari doim yashil (mas, feyxoa, sitruslar). Mevali oʻsimliklar moʻtadil, subtropik va tropik mintaqalarda (60° shim. kenglikdan 60° jan. kenglikkacha) ustiriladi. Olma, nok, sitruslar, banan, mango, finikiya xurmosi eng koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda mevali va rezavor mevali oʻsimliklarning 70 turi usadi, 20 turi ekiladi. Mevali oʻsimliklar mevasi tarkibida qand (fruktoza, saxaroza, glyukoza), kraxmal, yogʻ, oqsillar, vitaminlar, mineral moddalar bor. M. oʻ. oziq-ovqat sifatida pishib yetilganidan keyin isteʼmol qilinadi.

Ad.: Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967; Pomologiya Uzbekistana, T., 1987.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x