NODIRA

NODIRA (taxallusi; ismi Moxlaroyim) (1792, Andijon —1842, Qoʻqon) — shoira, maʼrifatparvar va davlat arbobi. «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon qokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan, Fargʻona hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon hokimligini beradi va uni 1807-y. da Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda sheʼr yezishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. Nodiraning turmush yoʻldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan.

1822-y. da Umarxon vafot etib, uning oʻgʻli, 14 yoshli Muhammad Alixon (Maʼdalixon) taxtga koʻtarildi. Lekin davlatni, asosan, Nodiraning oʻzi idora qildi. U madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga intildi. Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar b-n koʻrsatib berilgan: «Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va soʻzning qadriga yetadigan donishmand ayol ekan-ligini koʻrsatishdir… Umarxon vafo-tidan soʻng bu iffat sadafining in-jusi kunlarni xasratu firoq bilan shu tariqa oʻtishini noshukurlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bogʻiga borib, Fargʻona, Toshkent, Xoʻjand, Andijon va b. shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni oʻz xizmatiga chaqirtirib keldi». N. bir necha kitoblarni koʻchirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tash-viqqildi. Shoira devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini oʻzi shaxsan koʻzdan kechirib turgan. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla kalam, kumush qalamdon berib, ularni «Zarrin qalam»lik mansabiga koʻtargan.

Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga eʼtibor bergan. Goʻristoni ka-londagi Madrasai Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Mox^aroyim madra-sasini bino ettirgan. Buxoro amiri Nasrullo 1842-y. da Qoʻqonga bosti-rib kirib, Maʼdalixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, 14 yashar oʻgʻli Muhammad Aminxonni va Nodirani foji-ali ravishda oʻldiradi.

Nodiraning adabiy merosi oʻz gʻoyaviybadiiy ahamiyati nuqtayi nazaridan mumtoz sheʼriyatning goʻzal namunalaridandir. Uning tula boʻlmagan uzbekcha devoni Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida saslanadi (inv. № 4132). Devonga Nodiraning 109 (yoki 1704 misra) gazali kiritilgan. Nodiraning uzi yozgan de-bochada tarjimayi holiga oid baʼzi muhim maʼlumotlar berilgan. 19-a. dakoʻchirilgan, hoz. Oʻzbekiston FA Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda Nodiraning «Komila» taxallusi bilan yozgan 19 (328 misra) gʻazali borligi aniklangan. 1962-y. da Namanganda shoiraning mukam-mal devoni topildi. Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi davlat ada-biyot muzeyida saqlanayotgan (inv. № 313) bu devon shoiraning merosini toʻliq qamrab olgan, deyish mumkin. Bunda shoira yozgan debocha mukammal berilgan. Devonda shoiraning «Nodi-ra» taxallusi bilan yozgan 180 sheʼri jamlangan (shulardan 136 tasi oʻzbek tilida, 44 tasi tojik tilida). Jumladan, 11 muxammas, 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarjiʼband, 1 tarkibband va 1 firoqnoma ham bor. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida Nodiraning «Maknuna» taxallusi bilan yozilgan, 333 gʻazaldan iborat bir devoni mavjud (inv. № 7766). Bugungi kunda biz Nodiraning oʻzbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.

Nodira sheʼriyatining asosini lirika tashkil etadi. Nodira muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U goʻzallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dardalamlari, ohu figʻonlarini kuyladi. Shoira oʻzini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yogʻdu ekanligini kuyladi: Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et! N. ning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuygʻular doirasidan yuqori koʻtarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi. Nodira insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. Shoiraning forstojik tilidagi mebosh radifli gazalida vafo mavzui keng doirada kalamga olinadi.

Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi xislatlarni maʼrifat, yaʼni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli xislatlarni oʻz ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitkadamlik bilan koʻngil ganjinasida asramogʻini obrazli qilib tasvirlaydi. Odamzod shu sifatlardan maxrum boʻlar ekan, u riyo yoʻliga kirib ketadi.

Nodira oʻz ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yoʻnalishiga asoslangan bir butunlik orkali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhab-bat yoʻlidagi ruhiy dunyosini ham juda goʻzal va jonli misralarda ifodalab beradi. Nodira sheʼrlarida islom ruhi, ta-savvuf taʼlimi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urugʻini qidiradi. Nodira saroyda yashasa ham, oʻzini maʼnaviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmas edi.

Shuning uchun ham u gʻazallaridan birida: «Meni saltanat masnadida koʻrib, gumon etmang ayshu farogat b-n», deydi.

Nodira olimlar, shoirlar, ayniqsa, shoiralarni oʻz himoyasiga olgan. Shoira oʻz devonlarining «hamnishin olima afifalar, fozila hamsuhbat sharifalarning maslahatlari va tashabbuslariga koʻra jamlangani»ni oʻzbekcha devoniga yozgan soʻzboshisida qayd etib oʻtadi.

Nodira mumtoz sheʼriyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi. Uning oʻzbekcha va forsiychatojikcha gazallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan. Shoira gʻazallarining asosiy qismi 7—9 baytlidir. Nodira mumtoz adabiyot anʼanalarini qunt va ixlos bilan davom ettirgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Nodira oʻz gʻazallarida koʻproq «mukar-rar» (soʻzning takrorlanib kelishi) va «qoʻsh mukarrar» usullaridan foydalangan. Asarlarida talmeh, majoz, tash-beh, istiora, tazod, tadrij, tashxis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qoʻllangan.

Nodira fors-tojik tilida ham goʻzal, taʼsirchan sheʼrlar yozgan. Ular ham mazmun va badiiy mahorat jihatdan oʻzbek tilidagi gʻazallaridek yuksak darajada yozilgan boʻlib, shoira ijodini yana ham keng va toʻlaroq oʻrganishda muhim rol oʻynaydi.

Nodira ijodiga boʻlgan qiziqish shoira qayotlik davridayoq boshlangan. Mashhur shoira Dilshod (1800—1905) Nodiraga maxsus gʻazallar bagʻishlab, uni «ilm-adab i va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari gʻazalxoni, shakar sochuvchi bulbul» deb taʼriflaydi. Nodira gʻazallariga juda ʻ koʻp shoirlar naziralar yozganlar, muxammas bogʻlaganlar. Oʻzbek adabiyotida va sahnada Nodiraning badiiy obrazi yaratildi. H. Razzoqovning «Nodira», Turob Toʻlaning «Nodirabegim» musiqali dramalari sahnalashtirildi. Komil Yormatov va M. Melkumovlarning ssenariysi asosida «Nodirabegim» fil-mi yaratildi. Shoira asarlari rus va b. chet tillarga tarjima qilingan. Fa-zallari oʻzbek maqomlari va xalq kuylariga solingan. Oʻzbekistonning sha-har va qishloqlarida koʻplab koʻchalar, kinoteatr, maktab va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi.

As: Sheʼrlar, T., 1958; Devon, T., 1963; Asarlar (2 j. li), 1-j., T., 1968; 2-j., 1-2-kitob, T., 1971; Devon (forstojik tilidagi gʻazallar), Dushanba, 1967; Uvaysiy va Nodira, T., 1994.

Ad.: Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, 1-kitob, 2nashr, T., 1970; Abdullayev V., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 2-kitob, 1967; Qa-yumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961; Qodirova M., Davr Nodirasi (Nodiraning hayot va ijod yoʻli), T., 1991; Maʼna-viyat yulduzlari, T., 2001.

Mahbuba Qodirova.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x