OGʻAJARI NEFT KONI

OGʻAJARI NEFT KONI — Erondagi gaz-kondensat va neft koni. Jahondagi yirik konlardan biri. Obodan sh. dan 130 km narida joylashgan. Fors qoʻltigʻi neft-gazli havza tarkibiga kiradi. Kon 1938-y. da ochilgan, 1945-y. dan ishlatilmokda. Neftning boshlangʻich za-xiralari 1,3 mlrd. t, gazniki 263 mln. m3 miqdorida baholangan. Kon eni 6 km, uz. 60 km boʻlgan oligotsenquyi miotsen davriga mansub asimmetrik antiklinal burmada joylashgan. Samarali katlamlari (qalinligi 300 m dan ortiq) as-mari svitasi va yuqori boʻr davri ohaktoshlaridan iborat. Kollektor jinslar yuqori gʻovakli va yoriqli. Qatlamning boshlangʻich bosimi 28,2 MPa, t-rasi 77°. Neftning zichligi 850 kg/mh qovush-qokligi 5,7 sPz, tarkibida 1,42% S bor. O. n. k. da «National Iranian Oil Company» (N1OC) davlat korxonasi 60 ta favvo-ra qudukdan yiliga 31 mln. t dan ortiq neft olmokda.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x