OGʻIR ATLETIKA

OGʻIR ATLETIKAsport turi, har xil vazn toifalarida ogʻir narsalar (shtanga, tosh) koʻtarishda musobaqalashish. Ogʻirliklarni koʻtarish mashklari qad. zamonlardan maʼlum. Rasmiy musobaqalar esa 1860-y. lardan (birinchi marta AQSHda) oʻtkazib kelinadi. hoz. vaqtda shtangani ikki qoʻllab dast va siltab koʻtarish (1972-y. dan) Ogʻir atletikaning asosiy mashqlari hisoblanadi. Dast koʻtarishda sportchi shtangani toʻxtatmay bir harakat b-n, siltab koʻtarishda — ketma-ket ikkita harakatda — avval koʻkrakka olish, keyin esa yuqoriga choʻzilgan qoʻllarga koʻtarishni amalga oshiradi. Ogʻir atletikachilarni (1977-y. dan) 10 vazn toifasiga (52 kg gacha — 110 kg dan yuqori) ajratadilar. Ogʻir atletika 1896y. dan Olimpiada oʻyinlari (1900, 1908, 1912-y. dan tashqari) dasturiga kiradi. 1896-y. 1-Yevropa chempionata, 1898-y. 1-jahon chempionata boʻlib oʻtgan. Oʻzbekistonda birinchi Ogʻir atletika toʻgaragi 1917-y. da Toshkent sh. da ochilgan, u «Toshkent ogʻir atletika jamiyati» deb atalgan. Oʻzbekistonda Ogʻir atletikaning asoschisi Feoktist Gorizdro qisoblanadi. Oʻzbekistonda Ogʻir atletika a federatsiyasi 1992-y. dan faoliyat koʻrsatadi. U Xalqaro Ogʻir atletika federatsiyasi — IWf ga (1993), Osiyo O. a. federatsiyasiga (1994) aʼzo. Oʻzbekiston O. a. federatsiyasi har yili kattalar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini oʻtkazadi. Andijon, Toshkent viloyatlari, Toshkent va Samarqand sh. larida Ogʻir atletika keng ommalashgan. Ogʻir atletika seksiyalarida 7000 ga yaqin kishi muntazam shugʻullanadi. Xalqaro toifadagi sport ustalari Erkin Karimov (jahon rekordchisi, 1968), Isroil Isoqov, Noil Muxamadyorov (olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindorlari, 1988), Sergey Sirsov (jaxrn chempioni, 1991, Olimpiada oʻyinlarining kumush medali so-vrindori, 1992), Igor Sodiqov (ja-hon chempioni, 1991) va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi Igor Xalilov (yoshlar oʻrtasida Yevropa, jahon chempioni, 1992, Osiyoning 2 karra chempioni 1997, 2000) Oʻzbekistonning eng kuchli Ogʻir atletika chilaridir.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x