OQ HUN

OQ HUN — gʻarbiy hunlar. Hunlar davlatinnng soʻnggi davrida shim. hunlar hukmdori Qut ush qabilasi bilan gʻarbga Qangʻ davlati tomon chekingan. Mazkur davlatning xoni qudachilik hurmati yuzasidan Qutushga va uning odamlariga oʻz hududidan joy bergan. Oradan koʻp oʻtmay hunlar Yaypan (Yuepan) xonligini tashkil etgan. U Uysun (Usun) xonligining shim-gʻarbida (hoz. Jan. Qozogʻiston) joylashgan. Mil. av. 1-a. ning oʻrtalarida Oq hun larning boshligʻi Chjichji xitoylar b-n boʻlgan urushda magʻlub boʻlib, u ham Qangʻ davlatidan panoh topgan edi. Qangʻ hukmdori hunlarga hoz. Jambul (Avliyoota) viloyatidan joy bergan. Yaypan davlati keyinchalik Eftaliylar davlatiga qoʻshilib ketgan. Xitoy manbalarida 448-y. Yaypan davlatidan Xitoyga elchilar borganligi, shundan keyin ushbu xonlik Shim. Vey davlati (386—534) bilan diplomatik aloqalar qilib turganligi zikr etilgan. Xonlikning aholisi 200 mingdan ortiq boʻlgan. Turkistonga chekinib kelgan xunlar qad. turk tilida «Oq hun» yaʼni «gʻarbiy hun» deb nomlangan.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x