PARADOKS

PARADOKS (yun. paradoxos — kutilmagan, gʻalati) — koʻpchilik tomonidan kabul etilgan anʼanaviy fikr, tajribaga oʻz mazmuni yoki shakli bilan keskin zid boʻlgan, kutilmagan mulohaza, muhokama. Xar qanday Paradoks «shubhasiz toʻgʻri» (asoslimi, asossizmi, bundan qatʼi nazar) hisoblangan u yoki bu fikrni inkor etishdek koʻrinadi. «Paradoks» terminining oʻzi ham dastlab antik falsafada x,ar qanday gʻalati, original fikrni ifodalash uchun ishlatilgan.

Mantiqda Paradokslar formal mantik, qoidalariga rioya qilib fikr yuritishda baʼzan yuzaga keladi. Mantikda Paradokslarni haqiqatdan chekinish, deb bilish oʻrinlidir. Shuning uchun antinomiya, aporiya, ziddiyatth Paradoksning sinonimlari deb hisoblash mumkin. Paradoks bir-birini istisno kdluvchi ikki fikrni bab-baravar isbot kilish mumkinligini bil-diradi. Mantikiy Paradokslar, odatda, man-tiqiy asoslari toʻla aniklanmagan na-zariyalarda uchraydi. Ilmiy muhokamada Paradoks paydo boʻlishining asosiy sababi inson bilish jarayonining murakkab dialektik xarakterga egaligi va bunda shakl va mazmunning oʻzaro ziddiyatli munosabatda boʻlishidadir. Paradokslarni bartaraf etishning universal yoʻli yoʻq. Mantiq va mat. da ayrim P. larni bartaraf kilish usullari ishlab chikilgan.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x