PARASHYUT

PARASHYUT (para… va frans. chuite — tushish) —1) yukrridan (mas, samolyotdan) tushayotgan odam yoki yuk tezligini atmosfera qarshiligi hisobiga kamaytiradigan apparat. Leonardo da Vinchi P. gʻoyasini ilmiy asoslab bergan. 18-a. da fransuz J. Mongolfye oddiy Parashyut b-n minoradan sakragan. Hozirgi aviatsiya P. ini Rossiyada birinchi marta G. Ye. Kotelnikov yaratgan (1911).

Parashyut gumbaz va osma tizimlardan ibo-rat (rasm). Samolyotdan sakrash, borish qiyin boʻlgan joylarga yuk tashlash, yongʻindan muqofaza xizmatchilarini oʻrmonning yonayotgan joylariga tushirish; maxsus havo-desant qoʻshinlari va harbiy texnikani tashlash va b. maqsadlarda ishlatiladi. Shunga koʻra, qutqaruv, qoʻndiruv, tormoz va sport P. lari kabi xillarga boʻlinadi. Parashyut pishiq ma-todan tayyorlanadi.

Vertolyot yoki samolyotdan sakrashda ishlatiladigan Parashyutlar parashyutchi tomonidan tortish halqasini bevosita tortish yoʻli bilan yoki sakrovchining ishtirokisiz ochiladi. Yuk tashlat Parashyutlari odam ishtirokisiz ochiladi. Buning uchun maxsus tizimcha boʻlib, bir uchi samolyotga, ikkinchi uchi tortish halqasiga mahkamlab qoʻyiladi. Parashyutchi samolyotdan tizimcha uzunligicha uzoklashishi bilan halqa tortila-di va Parashyut gumbazi ochiladi. Parashyut gumbazining yuzasi 0,01 dan bir necha ming m2 gacha boʻlishi mumkin. Parashyutning tushish tezligi 1—5 m/s;

2) lift shaxtasida bosh arqon uzilib ketgan yoki tormoz ishlamay qolgan xrllarda, shuningdek, klet yoʻl qoʻyilgan tezlikdan tez tushganda uni ushlab qoluvchi kurilma.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x