PASXA

PASXA (qad. yahudiycha peysax — oʻtmoq) — yahudiylar va xristianlarning bahor bayrami. Qadimda koʻchmanchi semit qabilalari Pasxani chorva mollarining baxrrgi bolalash vaktida bayram kilganlar. Bu qabilalarning oʻtroqdashishi va dehqonchilik bilan shugʻullanishi natijasida Pasxa oʻrim-yigʻim bayramiga aylangan. Pasxa yaxudiylarning yillik bayramlari ichida eng eʼtiborlisidir. Bu bayram xristianlarning Pasxa sidan farkli oʻlaroq, yaxudiylarning Misrdagi Firʼavn kulligidan qutulib chiqqanlari (taxm. mil. av. 8-a.) munosabati bilan nishonlanadi. Yaxudiylar Pasxasida keyinchalik messiyani kutish gʻoyasi ham oʻz ifodasini topdi. Xristianlikda bu bayram Isoning tirilishi toʻgʻrisidagi rivoyat bilan boglik boʻlib, pravoslavlarning asosiy bayrami hisoblanadi. Bahorgi tengkunlik va toʻlin oydan keyingi 1yakshan-bada nishonlanadi. Bayram kunlari sa-nasini hisoblab chiqish uchun jadvallar (pasxaliya) tuziladi. Pasxa pravoslav cherkovida Yuliy taqvimi boʻyicha (eski xisobda) 22-martdan 23 apr. gacha boʻlgan davrga; gʻarbiy xristianlarda — Grigoriy taqvimi boʻyicha 26-martdan 23 apr. gacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x