PICHOQ OʻYIN

PICHOQ OʻYIN (kordbozlik) – kad. uzbek sirki tomoshalaridan biri. Oʻzbekistonning jan. xududlarida keng tarqalgan boʻlib, 18—19-a. larda bayram, sayil, toʻy va b. katta maʼrakalarda namoyish etib kelingan. Pichoq oʻyin 1—2 kishi, ayrim hollarda 4 kishi tomonidan bajarilgan. Ijrochilar nogʻora, surnay navolari ostida 2 tadan 10 tagacha boʻlgan pichoq bilan turli jangovar harakatlar koʻrsatib, tomoshabinlarni hayratda qoddirganlar. Agar kordbozning bir oʻzi chiqadigan boʻlsa, u iloji boricha koʻproq pichoqoʻynatishga harakat qilgan. Pichoqlarni qoʻllarining tez va chaqqon hara-katlari bilan qoʻltigʻidan, boʻynidan, bu-tidan oʻtkazib olishi orqaligina emas, akrobatik tryuklar yordamida ham oʻyin namoyish qilgan.

2 kordboz chiqqanda, ular raqs vositalari bilan mohir, epchil va jangovar ikki jangchi obrazini berishga hara-kat qilgan. Kordbozlar shamshir va nay-za b-n ham turli oʻyinlar koʻrsatishgan.

20-a. da Pichoq oʻyinni Z. Mirzayev, Rajab kordboz va b. namoyish qilishgan. 1940 — 50 y. larda professional uzbek sirki tarkibida kordboz Abdulla Azizxon oʻzining pichoq va xanjarlar oʻyini bilan koʻplab shaharlarda tomosha koʻrsatgan. Hoz. kunda Pichoq oʻyin anʼanaviy sirk gu-ruxlarida ijro etilmoqda.

Poʻlat Toshkanboyev.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x