PUBLITSISTIKA

PUBLITSISTIKA (lot. publicus – ij-timoiy) — davrning ijtimoiy-siyosiy va b. dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. Publitsistikaning vazifasi ij-timoiy fikr uygʻotish va uni shakllan-tirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli faktmaʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan ibo-rat. Hoz. zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari Publitsistikaning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning, yaʼni ijod-korning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifo-dalash tamoyili ham oshdi. Publitsistika fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino asarlari pay-do boʻlmoqda.

Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va b. yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham Publitsistikaga kiradi. Publitsistika mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga ega. Publitsistika janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga boʻlinadi. Publitsistika hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. Publitsistika il-miy-nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. Publitsistikaning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. Publitsistika janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtayi nazari bilan namoyon boʻladi.

Oʻrta Osiyo xalklari tarixida Publitsistika ancha qadimiydir. Publitsistika xususiyatlari «Qobusnoma» (P-a.)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning «Majolis un-nafois», «Munshaot», «Mahbub ul-qulub» asarlarida Publitsistikaning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va b. xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy Publitsistika sining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki publitsistik maqolalar «Turkiston viloyatining gazeti» sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati) ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini ochiqoshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi b-n ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar «Taraqqiy» gaz. dan boshlab keng koʻlamda koʻrina boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H. Muin, M. Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va b. hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat, milliy siyosat va b. masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar «Shuhrat», «Xurshid», «Osiyo», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Fargʻona», «Najot», «Turon», «Hurriyat», «Yurt» kabi gaz. va jur. sa-hifalarida chop etilgan. Xususan, Beh-budiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan «Samarqand» gaz. hamda «Oyna» jur. da chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamo-atchiligi tomonidan zoʻr qiziqish b-n qarshilangan («Sayohat xotiralari», «Til masalasi», «Bizni kemirguvchi illatlar», «Ehtiyoji millat» va b.).

90-y. lardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. Publitsistika keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olim va b. oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari bilan oʻzbek Publitsistika siga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.

Publitsistikaning yozma va ogʻzaki shakllaridan tashqari grafik-tasvir (plakat, karikatura va b.), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (agitbrigada va b.) shakllari ham bor.

Ad.: Gazetnыye janrы, M., 1971; Togʻayev O., Publitsistika janrlari, T., 1976; Zohidov V. Y., Tanlangan asarlar, 3 j. li, T., 1976-78.

Norali Ochilov.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x