QORA-OLA QORAMOL ZOTI

QORA-OLA QORAMOL ZOTI – sut yoʻnalishidagi qoramol zoti. Rossiyada 18-a. da turli zonalarda urchitilgan mahalliy zotni ostfriz, shved qora-ola va b. shunga oʻxshash zotlar bilan chatishtirib chiqarilgan. Ushbu mintaqalarning aksariyatida oʻzining yuqori sifatliligi va raqobatbardoshliligi boʻyicha r-nlashtirilgan zotlar salmogʻida birinchi oʻrinni egallaydi. Jussasi yirik, tanasi uzunroq, terisi qayishqoq, yelini katta. Tusi qora-ola. Buqalarining vazni 850— 1000 kg, sigirlariniki 500—650 kg, yangi tugʻilgan buzoqlari vazni 32 — 40 kg. Sigirlarining sut sogʻimi 3500—4500 kg (sersut sigirlariniki 15—17 ming kg). Goʻsht mahsuldorligi yuqori (soʻyim chiqimi 54—58%). Nov-voslari 15—18 oyligida 480—550 kg gayetadi. Oʻzbekistonga 1882—85 y. larda olib kelingan. 1930— 40 y. lardan boshlab ular sof holda urchitilib, 1939-y. dan ularni koʻpaytiradigan xoʻjaliklar tashkil etilgan. Mahalliy mollar bilan chatishtirishning dastlabki bosqichlarida «Toshkent atrofi qoraola» tusli mollarning mahsuldor podalari shakllantirilgan. Bu zotni takomillashtirish ijobiy natijalar berdi va Toshkent, Fargʻona, Samarqand va b. viloyat xoʻjaliklarida tez tarqaldi hamda r-nlashtirilgan zot deb qabul qilindi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x