RASULOV Gʻani Tursunovich

RASULOV Gʻani Tursunovich (1935.20.3 — Toshkent —1990.1.4) — ssenariychi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1973). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1957). Oʻzbekiston televideniyesida muharrir (1957 — 60), bosh muharrir (1969—70), «Uzbektelefilm» sutudiyasi badiiy rahbari (1970—78), Adabiydramatik eshittirishlar tahririyati bosh muharriri (197881), 1981-y. dan «Uzbektelefilm» bosh muharriri va badiiy rahbari. «Kuyla, Sanobar», «Toshkent», «Notanish Buxoro» kabi hujjatli filmlar, «Uzzu kun shamol» televizion badiiy filmiga ssenariy yozgan. 100 dan ortiq badiiy filmlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, «Suvda qalqqan lola», «Oq laylaklar uchib keldi» hikoyalar toʻplami muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x