XONSYU

XONSYU, Xondo — Yaponiya arxipelagidagi eng katta orol, Yapon dengizi bilan Tinch okean oraligʻida. Mayd. 230,4 ming km2 (atrofidagi orollar bilan birga 231 ming km2), uz. 1400 km dan ziyod. Orolda mamlakat axrlisining taxm. 80% yashaydi. Relyefi, asosan, togʻli. Orolning markaziy kismini yirik togʻ tizmalari (Ou, Xida, Kiso, Akaisi) egallagan. Vulkan koʻp, Fudziyama vulkani Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Teztez kuchli zilzila boʻlib turadi. Sohil qismi kambar tekislik. Oltingugurt, qoʻrgʻoshin, pyx, neft, gaz konlari bor. Iklimi mussonli, okean iklimi, shim. da moʻtadil, jan. da subtropik. Kuzda tayfunlar boʻladi. Daryolari qisqa, serostona, gidroenergiya zaxirasiga boy. Eng katta koʻli — Biva. Togʻlar keng bargli oʻrmonlar bilan krplangan, jan. da subtropik doim yashil va igna bargli oʻrmonlar bor. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. X. — Yaponiyaning iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan hududi. Tekisliklarda aholi zich, dehqonchilik rivojlangan. Yirik shaharlari: Tokio, Osaka, Nagoya, Kioto, Yokoxama, Kobe. Xoʻjaligi haqida Yaponiya maqolasiga q.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x